Chinoz tumani hokimligi
2.27K subscribers
18.7K photos
2.23K videos
22 files
4.99K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Sessiya

Joriy yilning 31-yanvar kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashining oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (
Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Yollama mahallasida hashar tashkil etildi

Chinoz tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Zafar Sultanov boshchiligida, Yollama mahallasida mahalla yettiligi va mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – atrof-muhitni tozalash va mahalla hududini tartibga solish boʻlib, hashar davomida ariqlar tozalandi, daraxtlarga shakl berildi, toʻplanib qolgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib chiqildi.

Mazkur tadbir aholining mahalla hayotidagi faolligini oshirish, ekologik holatni yaxshilash va tabiatni asrashga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Tomorqa - daromad manbai

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465 sonli qarori ijrosini ta’minlashga doir tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent Viloyati boshqarmasi
Chinoz tumani bo‘limi hamda "Global Textile" kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davomida Chinoz tumanida joylashgan "Global Textile" kompaniyasi hududida eksportbop ko‘chatlarni ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#FVB

Chinoz tumani hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida profilaktik ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 iyundagi 388/20-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2024 yil 14 iyundagi 250-sonli farmoyishiga asosan kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish maqsadida fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Chinoz tumani FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining yong‘in xavfsizligi holatlari o‘rganilib, obyektda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, isitish tizimidan gazdan zaharlanish hamda ishchi xodimlarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar 22-sonli maktab va 2-sonli DMTTda olib borilib, unda o‘quvchi yoshlar va ishchi xodimlar bilan profilaktik suhbatlar va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosabat

Chinoz tumani "Gʻayrat" MFYda joylashgan chiqindi tashlash poligonida chiqindilar koʻmilmasdan aholi yashash joylaridan uzoq boʻlmagan masofaga tashlab ketilayotganidan shikoyat qilingan boʻlib bugungi kunda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, Chinoz tumani boʻlimi va Chiqindi poligonlaridan foydalanish direktsiyasi tomonidan Chinoz tumani Gʻayrat MFY hududida joylashgan chiqindi poligonida chiqindilarni surish va koʻmish ishlari amalga oshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidan Qozogʻiston Respublikasiga olib boradigan avtomobil yoʻli, yaʼni "Yallama" bojxona chegara postiga qarab yuriladigan yoʻlning taʼmirtalabligi haqida video material eʼlon qilindi.

Mazkur video materialda koʻtarilgan masala boʻyicha mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Bunda hududni kompleks obodonlashtirish, yoʻlni kengaytirish va yoʻl boʻyi infrastrukturasini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash koʻzda tutilgan.

Ushbu masala yuzasidan oʻrganish ishlari yakuniga yetgach natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Milliy libos millat g‘ururi!

O‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqning boy madaniy an’analari va turmush tarzining bir qismidir.

Keling, milliy liboslarimizni faxr bilan kiyib, ulug‘ ajdodlarimizning an’analarini davom ettiraylik!

Biz o‘z madaniyatimizni qadrlasak, uni kelajak avlodga yetkazsak, millat sifatida yanada kuchli va barkamol bo‘lamiz.

Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tumanimizning barcha goʻzal ayollarimizni, dilbar qizlarimizni ushbu milliylik targ’ibotida faol ishtirok etishga chorlaydi.

✍️
Chinoz tumani oila va xotin-qizlar boʻlimi

Kanalga ulanish:👇👇👇

https://t.iss.one/chinozoilavaxotinqizlar
#Chinoz_tumani
#Tuman_deputatlari

AHOLI MUROJAATLARI BOʻYICHA QABUL OʻTKAZILDI.


Bugun
Chinoz tumani Xalq deputatlari Kengashining 16-"Chorvador" okrugidan saylangan deputat Sadirov Abdumajid Abdulkasimovich, "Chorvador" mahalla fuqarolar yigʻinida "mahalla yettiligi" bilan aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha fuqarolarga tegishli maslahatlar berildi. Qabul davomida kam taʼminlangan oilalar oʻrganilib, ularning xolidan xabar olindi.

Bu kabi sayyor qabullar, mahalla aholisining muammolarini oʻrganish va ijobiy hal qilish uchun muhim boʻlib, deputatlarning fuqarolar bilan oʻzaro hamkorliklarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|