Chinoz tumani hokimligi
2.26K subscribers
18.5K photos
2.21K videos
22 files
4.93K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

Xotin-qizlar huquq va manfaatlari doimo e’tiborda

Bugun Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Chinoz tumaniga Respublikadan biriktirilgan vakil A.Yuldashev tomonidan tumandagi "Ayollar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlarning haqqoniyligi o‘rganildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

Bugun Toshkent viloyati Chinoz tumanida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2022 yil 19 – dekbrda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 4-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika tomonidan biriktirilgan vakil A.Yuldashev boshchiligida 4-bosqich "Ayollar daftari"ni shakllantirish yuzasidan to‘ldirilgan anketa so‘rovnomalar xaqqoniyligi o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Ayollar_daftari

"Ayollar daftari"ning 4-bosqichini shakllantirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

📎Tuman hokimligi  majlislar zalida tuman hokimi B.Alimbekov  boshchiligida "Ayollar daftari" ga kiritilgan ayollar bilan ishlash bo'yicha kengaytirilgan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

   Yig'ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakillari, hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar faollari, sektor kotiblari, hokim yordamchilari va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
#Ayollar_daftari
#Yangi_imkoniyatlar_saxifasi

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Xo‘ja" mahalla fuqarolar yig‘inida 4-bosqich "Ayollar daftari"ning 1-toifasi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar" ro‘yxatiga kiritilgan ayollarga bandligini ta’minlash maqsadida "Ayollar daftari" jamg‘armasidan subsidiya asosida tikuv mashinasi hamda elektron hamir qorish apparati olib berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari
🔰Toshkent viloyati Chinoz tumanida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli ravishda hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda "Ayollar daftari"ning 5- bosqichi bo‘yicha bajarilgan ishlar jarayonini tahliliy o‘rganish, amaliy-uslubiy yordam berish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔰Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasidan biriktirilgan vakil E.Bayniyazov, tuman "Ayollar daftari"ga biriktirilgan ma’sul xodimlar qatnashdilar.
🔰Chinoz tumanida "Ayollar daftari"ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga individual dasturlarni to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

📌Chinoz tumanida oʻtkazilgan yigʻilishda ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan "
Ayollar daftari"ning 6-bosqichini tashkil etish masalasi muhokama qilingan.

Yigʻilishda mahalla yettiliklari va sektor kotiblari hamda toifalar boʻyicha mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qarori va 6-sonli bayoniga asosan
ayollar daftari bilan bogʻliq qator muhim topshiriqlar berildi.

Maqsad ayollarning ijtimoiy holatini yaxshilash va ularga kerakli yordam koʻrsatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

Chinoz tumanida "
Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov jarayonlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 145-sonli qaroriga asosan, ushbu jarayon barcha mahallalarda olib borilmoqda.

"
Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan va ehtiyojmand bo‘lgan xotin-qizlar kiritilishi belgilangan. Xususan, ro‘yxatga quyidagi toifadagi ayollar kiritiladi:

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
2. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
3. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar.
4. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
5. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
6. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Paxtaobod_MFY
#Ayollar_daftari

Chinoz tumanida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov jarayonlari davom etmoqda.
"Paxtaobod" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qaroriga asosan, ushbu jarayon barcha mahallalarda olib borilmoqda.