Chinoz tumani hokimligi
2.87K subscribers
18.9K photos
2.26K videos
22 files
5.05K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
​​#Besh_tashabbus_olimpiadasi
 
Xabaringiz bor ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 2-mavsum respublika bosqichi sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu musobaqalarda Chinoz tumani mahallaridan saralab olingan sportchi yoshlari ham munosib ishtirok etishmoqda. "Besh tashabbus olimpiadasi"ning birinchi mavsumida Chinoz tumanidan jami 21 640 nafar aholining ishtiroki ta’minlandi.

Birinchi mavsum yakunlariga ko‘ra 9 ta sport turlaring 7 tasidan Chinoz tumani yoshlari viloyat bosqichida munosib ishtirok etib jami 14 ta jamoalar yaniy 51 nafar yoshlar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bir nafar yoshimiz respublika bosqichida faxrli 1-o‘rini qo‘lga kiritib o‘zi istiqomat qilayotgan mahallasi uchun Unversal sport majmuasi qurish uchun sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Endi musobaqaning ikkinchi mavsumi to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak.
"Besh tashabbus olimpiadasi" ikkinchi mavsumida Chinoz tumanida musobaqalar yuqori saviyada tashkillashtirilib ushbu musobaqalarda 22800 nafar yoshlar sportning 9 ta turi (Stol tennisi, Shashka, Shaxmat, Stritbol, Volebol, Yengil atletika, Kurash, Vorkout hamda Mini futbol) bo‘yicha 5 ta yosh (7-10, 11-15, 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh) toifasida o‘zaro bellashdilar.

"Besh tashabbus olimpiadasi" ikkinchi mavsumi doirasida musobaqaning viloyat bosqichiga jami 136 nafar yoshlar tuman g‘olibligini qo‘lga kiritib yo‘llanma olishgan bo‘lsa Toshkent viloyati bosqichida jami 25 nafar yosh musobaqaning respublika final bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Stol tennisidan 2 nafar, B-ligada Umarqulova Ozoda, S-ligada Rustamov Oybek, Shashkadan 3 nafar S-ligada Sunnatullayev Soxobjon, B-ligada Suleymanova Jazira, B-ligada Saidbekov Avazbek, Milliy kurash sport turidan 2 nafar A-ligada Yaqubjanov Shaxboz hamda Abdullayeva Umida, Vorkout sport turidan 2 nafar B-ligada Abdullayev Jaxongir, S-ligada esa Yo‘ldashev Ulug‘bek jamoaviy sport turlaridan Stritbol A-ligada qizlar jamoasi Juraboyeva Munojat, Ibragimova Sevinch, Yunusaliyeva Lola, Mamashova Shaxzoda hamda Shobekova Munojat, B-ligada Abdujalilov Sardor, Xaliqov Shaxzod, Mamadaminov Asadbek, Medjitov Riza, Abdujalilov Samandar, B-liga kattalar Obidov Ikrom, Saxatboyev Abdulxay, Xoliqov Aziz, Xafizov Dilshod hamda Rametov Nodirbeklar viloyat bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. 

Hozirda ushbu musobaqaning respublika bosqichi joylarda yuqori darajada tashkillashtirilgan holda bo‘lib o‘tmoqda.

Shu kun holatiga ko‘ra Chinoz tumani yoshlari o‘z mahallalarida 5 ta sport maydonchalarini qo‘lga kiritishdi, jumladan Stol tennisi B-ligada Умарқулова Озода faxrli 3-o‘rin Vorkout maydonchasi Obi-hayot MFY, Stol tennsi S-ligada Рустамов Ойбек faxrli 2-o‘rin stritbol hamda vorkout maydonchasi Obi-hayot MFY, Shashka spolrt turidan  B-ligada Сулейманова Жазира faxrli 2-o‘rin stritbol hamda vorkout maydonchasi Birlik MFY, vorkout sport turidan Йўлдашев Улуғбек faxrli 2-o‘rin stritbol hamda vorkout maydonchasi Sarbozor MFY hamda Stritbol sport turidan A-ligada Ибрагимова Севинч, Юнусалиева Лола, Мамашова Шахзода ҳамда Шобекова Муножатлар faxrli 3-o‘rin vorkout maydonchasini Nafis mahallasiga qurish uchun sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, sport musobaqalari joylarda davom etmoqda hozirda Chinoz tumaning jami 3 ta sport turidan 12 nafar yoshimiz musobaqalarning respublika bosqichida ishtirok etishadi, musobaqalar 15 dekabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Ushbu sportchilarimizdan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.

Chinoz tumani Sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i - Sardor Abduqaxxorov.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#BESH_TASHABBUS_OLIMPIADASI
#Maktab_bosqichi

Toshkent viloyati Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan BESH TASHABBUS OLIMPIADASIning II-mavsumi maktab bosqichiga start berildi.
Tadbirga Chinoz tumani Yoshlar ishlari agentligi, tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabi rahbari va mutaxassislari ham olimpiadani ochilish tadbirida ishtirok etishdi va o'yinlarini kuzatib borishdi. Sportning Shashka, Shaxmat va Yengil atletika, voleybol, quvnoq-startlar turlaridan bõlib õtdi va g'oliblar aniqlandi. QUVNOQ-STARTLAR musobaqasi 4-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi.
Shuningdek, Yoshlarni aqlni charxlashga qaratilgan Zakovat intellektual o'yinlari ham 7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi va maktab bilimdonlari aniqlab berildi.
Ushbu
BESH TASHABBUS OLIMPIADASIning maktab bosqichi ko'tarinki ruxda va yuqori saviyada o'tkazildi!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus_olimpiadasi

Hududlarda mahalla yoshlari o'rtasida keng qamrovda o`tkazilyotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari, tanlov  hamda intellektual o‘yinlarida yoshlarning faolligi oshgan.

Tafsilotlar videolavhada...

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi Stritbol chempionlari Chinoz tumani jamoasi!


16-21 yosh toifasidagi Chinoz tumani jamoasi, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning stritbol turi boʻyicha Surxondaryo viloyati jamoasini finalda magʻlub etdi va yil chempionligiga ega boʻldi.

Bugun, tumanimizning "Nuroniylar" maskanida chempionlarning kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Chinoz tumani DSI boshligʻi, 4-sektor rahbari T.Ahmedov ,Yoshlar ishlari agentligi Chinoz tumani boʻlimi boshligʻi D.Qodirovlar chempionlarimizni samimiy tilaklar bilan tabriklab, ularga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Tumanimiz yosh sportchilariga kelajakda ham koʻplab muvaffaqiyatlar va yuqori marralarni qozonishlariga tilakdoshmiz!


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Five_Initiatives_Olympiad #Олимпиада_пяти_инициатив

Viloyatdagi barcha mahallalarga sport jihozlari
tarqatildi
________

Sports
equipment is distributed to all mahallas in the region
________

Всем махаллям области роздан спортивный
инвентарь

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM