Chinoz tumani hokimligi
2.56K subscribers
18.8K photos
2.25K videos
22 files
5.03K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#FVB

Chinoz tumanida fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik ishlar davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Chinoz tumani FVB xodimlari tomonidan aholi yashash uylari va ijtimoiy soha obyektlarining yongʻin xavfsizligi holatlari oʻrganilib, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, yongʻinlar, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi noxush holatlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bunda fuqarolar va ishchi xodimlarning yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari boʻyicha eslatma va yoʻriqnomalar berilmoqda.
Shu oʻrinda fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini soʻraymiz. Yongʻinni sezganingizda zudlik bilan "101" yoki "1050" raqamlariga xabar bering.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#3_sektor
#Oydin_mahallasi

Milliy libos Millat gʻururi

Oʻzbek milliy liboslari juda yorqin,chiroyli qulay boʻlib xalqning boy madaniy anʼanalari va turmush tarzining bir qismidir.

Keling milliy liboslarimizni faxr bilan kiyib,ulugʻ ajdodlarimizni anʼana urf odatlarini davom ettiraylik.

Biz oʻz madaniyatimizni qadrlasak uni kelajak avlodga yetkazsak ,millat sifatida yanada kuchli va barkamol boʻlamiz.

✍️
Chinoz tumani oila va xotin-qizlar boʻlimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliylik_qonimizda_challenge
#Toshkent_viloyati
#Chinoz_tumani
#Humo_MFY

"Milliy liboslarimiz - ma'naviyatimiz ko'zgusi"

Humo mahallasi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va 15-maktabning sardorlar jamoasi bilan birgalikda tumanimizning barcha goʻzal ayollarini, dilbar qizlarni, ushbu milliylik targʻibotida faol ishtirok etishga chorlaydilar.

Qaysi o'zbek qiziga milliy libos yarashmagan...

✍️
Chinoz tumani oila va xotin-qizlar boʻlimi.
#Chinoz_tumani
#oʻrganish

"Ayollar daftari"ning 6-bosqichida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi ishlar yuzasidan respublika shtabi ishchi guruhi vakillari –A.Yuldashev, L.Xolmoʻminovalar tomonidan joriy yilning 7-fevral kuni
Chinoz tumanida tanlov asosida "Xoʻja", "Tinchlik" va A.Navoiy MFYlarida "Ayollar daftari"ning 6-bosqichi boʻyicha "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoring qilindi.

Ishchi-guruh tomonidan Ayollar daftari"ning 6-bosqich taxlovi jarayonida MFY yettiligi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Milliylik_qonimizda

Milliy liboslar – milliy anʼanalar ifodasi

Chinoz tumani "Eshonobod" mahalla fuqarolar yigʻinidagi Madaniyat saroyida milliy madaniyatimiz va anʼanaviy kiyinish uslublarini keng targʻib etish maqsadida Milliy liboslar festivali boʻlib oʻtdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Xavfsiz_hudud

Chinoz tumani Qoʻriqlash boʻlimiga biriktirilgan "Nafis" mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyatchilikni oldini olish va mahallada toza hudud yaratish maqsadida tuman hokimligi bilan hamkorlikda yangi kuzatuv kamerasi oʻrnatildi.

Ushbu muhim tadbir mahalla aholisining xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini mustahkamlash va atrof-muhitni toza saqlashga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanidagi sug‘orish tizimini yaxshilash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati
Chinoz tumani bo‘limi, Chinoz tuman hokimligi hamda "Global Textile" kompaniyasi bilan tuman hududidagi sug‘oriladigan yer maydonlarini sug‘orish tizimini, tozalash va tartibga keltirish hamda dala chetlarini obodonlashtirish bo‘yicha samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining sug‘orish tizimini yaxshilash, sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfini kamaytirish va shu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirishdir.Bunday tashabbuslar natijasida, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish bilan birga, suvning sarfi kamayadi, hosildorlik ortadi va ekologik holat yaxshilanadi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|