Chinoz tumani hokimligi
2.49K subscribers
18.8K photos
2.25K videos
22 files
5.03K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Bunyodkorlik

📌Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 404-sonli qarori ijrosi yuzasidan Davlat dasturi asosida tumandagi ijtimoiy soha obʼektlari Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, sektor rahbarlari hamda hokim oʻrinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda oʻrganish olib borishdi.

🔷Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qaroriga muvofiq Chinoz tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida qoʻshimcha 560 oʻrinli bino va 9-sonli DMTTda 180 oʻrinli yangi bino qurib bitkazildi.


👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Taʼlim

📌Chinoz tumani "Birlik" mahallasida joylashgan 13- sonli umumtaʼlim maktabida bolalar uchun milliy qahramonlar siymosida gavdalantirgan "Bek va Lola" multfilmi maktab oʻquvchilari ijrosida taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#ustozga_rahmat

Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabining isteʼdodli oʻquvchilari, milliy va xalqaro sertifikatlar sohiblari oʻz ustozlariga maktabga kirishda va sertifikatlarni olishda koʻrsatgan yordamlari uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi. "Estafeta"miz yana davom etadi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Tanlov

Chinoz tumanida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov boshchiligida sektor rahbarlari, MMTB boshligʻi D.Isakov va Ekologiya partiyasi tuman Kengashi raisi T.Mansurovlar tanlovda ishtirok etib gʻolib boʻlgan jamoalarga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovining sektor bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Bu kabi tanlovlar yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda milliy huquq tizimiga nisbatan hurmat tuygʻusini kuchaytirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tanlov maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov 5 bosqichdan iborat boʻlib, tuman va hududiy bosqichlari joriy yilning fevral oyida, respublika bosqichi mart oyida oʻtkaziladi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Forwarded from Hudud Inform
Элдор Арипов Малайзия билан ҳамкорликнинг истиқболли йўналишларига алоҳида урғу қаратди

Жорий йилнинг 21 январь куни Куала-Лумпур шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти (СМТИ) директори Элдор Арипов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси "Мулоқотдан - ҳаракат сари: Ўзбекистон ва Малайзия стратегик ҳамкорлик йўлида" мавзусидаги давра суҳбатида иштирок этди.

Давра суҳбатида Малайзия Парламентининг "Дўстлик гуруҳи", Ташқи ишлар вазирлиги, Давлат бошқаруви миллий институти, Дипломатия ва халқаро муносабатлар институти, Осиё стратегияси ва етакчилик институти, Хадхари Ислом институти ва Жануби-Шарқий Осиёнинг терроризмга қарши кураш минтақавий маркази ходимлари иштирок этди.

Ўзбекистон томонидан СМТИ, Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти, "Тараққиёт стратегияси" маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Иқтисодиёт ва молия, Олий таълим, фан ва инновациялар, Қишлоқ хўжалиги вазирликлари экспертлари иштирок этди.

СМТИ раҳбарининг сўзларига кўра, савдо-инвестициявий ҳамкорлик жадал ривожланмоқда. Сўнгги йилларда икки томонлама товар айирбошлаш ҳажми 2,5 баробарга ошди, Ўзбекистон ҳудудида Малайзия капитали иштирокидаги қўшма корхоналар сони 37 тага етди.

Давра суҳбати якунида СМТИ ва СХТИ ўртасида 2025 йилга мўлжалланган ҳамкорлик режаси имзоланди. Ушбу режа икки мамлакат таҳлилий марказлари ўртасида шериклик ва мунтазам ишчи алоқаларни йўлга қўйишни назарда тутади.

https://t.iss.one/hudud_inform