Chinoz tumani hokimligi
2.53K subscribers
18.8K photos
2.25K videos
22 files
5.03K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Investitsiya


♻️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i M.Miryakubov
hamda Quyi Chirchiq tumani hokimi A. Xolmuradov bilan birgalikda tumanimizda oʻz faoliyatini boshlagan "Right Pak" zavodi faoliyati bilan tanishishdi.

♻️Hozirgi kunda qop mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini toʻliq ishga tushirish uchun 110 nafar ishchi xodimlar talab etilishini inobatga olgan xolda tumanimizda ishsiz fuqarolar korxonadagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishib oʻzlariga maqbul boʻlgan ish oʻrinlarini tanlashlari uchun taklif etildilar.

♻️Bugungi kunga qadar ushbu korxona taʼsischilari tomonidan "Ramazan GP" MCHJ un va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishlab turgan boʻlib, korxonada 100 nafardan ortiq ishchilar mehnat qilmoqda.
Korxonaning joriy yildagi eksporti 4 mln dollardan oshdi.


Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi M.Miryakubov hamda tuman prokurorining sohaga masʼul yordamchisi A.X.Boymurodov
tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan "Pronto textil group" MCHJning kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalari hamda joriy yilning ikkinchi yarmida mahsulotlar eksporti boʻyicha suhbatlashildi.
Mazkur korxona tomonidan yanvar-iyun oylarida 5.0 mln dollardan ortiq textil mahsulotlari eksport qilingan
.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

♻️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i M.Miryakubov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining masʼul xodimi Gʻ.Ibragimov, hamda Toshkent viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining vakili Z.Fayzullayevlar "Mirteks" MCHJ tomonidan xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish hisobiga tumanimizda amalga oshirilishi belgilangan mato toʻqish hamda boʻyash sexi tashkil etish loyihasinining tashabbuskorlari bilan uchrashib ularning bugungi kundagi muammolari o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar amaliy koʻmak berishlari uchun tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkioltlarga yo‘naltirildi.

♻️Maʼlumot oʻrnida ushbu korxona joriy yilning 1-yarim yilligida umumiy qiymati 1,1 mln.dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Президент Шавкат Мирзиёев маиший чиқиндиларни қайта ишлаш, улардан электр энергияси ва маҳсулот ишлаб чиқариш бўйича инвестиция лойиҳаларининг тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией инвестиционных проектов по переработке бытовых отходов, производству электроэнергии и продукции из них.

#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov
Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda, ularning 4.0 million dollar qiymatga ega "Isitish radiatorlari"ni ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu loyiha, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, tumanimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish imkoniyatlarini ham ochadi.

Tumani hokimi va tadbirkorlar o‘rtasida samarali muzokaralar o‘tkazilib, ushbu loyiha uchun zarur bo‘lgan resurslar, infratuzilma va
investitsiya masalalari muhokama qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|