Chinoz tumani hokimligi
2.09K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.86K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk olim, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur oʻrganish, yosh avlodning maʼnaviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15-avgustdagi "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan
2024 yil 21-noyabr kuni Chinoz tumani Qozi jome masjidi imom noibi A.Mirhaydarov, Nuroniy jamgʻarmasi raisi M.Mirsodiqov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chinoz tuman boʻlinmasi rahbari N.Nabiyeva, hamda tuman hokimligi Din ishlari boyicha qoʻmita mutaxassisi M.Ergashevlar bilan hamkorlikda Chinoz tumanidagi 1-sonli Kasb-hunar maktabida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni va hadis ilmiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

Hurmatli fuqarolar
❗️

⚡️ Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.

⭕️Imkon qadar yong‘in to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oling. Ogohlik bu xavfli hodisaning oldini olishga imkon beradi.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#FVB

"Uzbekistan GTL" MCHJ Chinoz terminalida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida "GTL Chinoz terminali"  hududida ishlovchi fuqarolarga korxonada hamda oʻz  xonadonlarida yongʻin xavfsizligi masalalariga targʻibot ishlari olib borildi.

Targʻibot davomida "GTL Chinoz terminali" hududida va aholi oʻrtasida yongʻinlarning oldini olish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish boʻyicha videoroliklar koʻrsatilib maʼlumotlar berildi. Xususan, "GTL Chinoz terminali" hududida hamda xonadonlarda yongʻin xavfini kamaytirish uchun amaliy maslahatlar berildi. Shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha maxsus koʻnikmalar va ehtiyot choralarini oʻrgatish ishlari ham amalga oshirildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari va tuman Nuroniy jamgʻarmasi hamkorlikda Chinoz tumani "Oydin" mahalla fuqarolar yigʻini hududida "Nuroniylar va Deputatlar" bogʻini barpo etish harakatini boshlab yubordilar.

Bu loyiha yashil hududlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, odamlarning yashash muhitni yaxshilash va jamoat joylarini obodonlashtirishdir. Ushbu bogʻ nafaqat ekologik toza muhitni yaratish, balki jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|