Chinoz tumani hokimligi
2.89K subscribers
21.1K photos
2.64K videos
22 files
5.83K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#FVB

Chimoz tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida tuman hududidagi 12-sonli maktabda va Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikalarda yongʻin xavfsizligi masalalariga targʻibot ishlari olib borildi.

Targʻibot davomida aholi o‘rtasida yongʻinlarning oldini olish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha maʼlumotlar tarqatildi. Xususan, xonadonlarda yong‘in xavfini kamaytirish uchun amaliy maslahatlar berildi. Shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha maxsus ko‘nikmalar va ehtiyot choralarini o‘rgatish ishlari ham amalga oshirildi.

Bunday tadbirlar aholi o‘rtasida xavfsizlikni taʼminlash va favqulodda vaziyatlar paytida zarur choralarni ko‘rish borasida muhim o‘rin tutadi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Tabrik

Bugun Chinoz tumani hokimi Salixov Sherzod Abduhakimovichning tavallud kunlari.


Sherzod Abduhakimovichga Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida Prezidentimizga kamarbasta va qanot boʻlib, har doim qatʼiyatli, teran va xolis fikrli, tashabbuskor boʻlishlarida omad hamroh boʻlishini hamda hamisha eng xalqparvar rahbar boʻlib yurishlarini chin yurakdan tilab qolamiz.

Jamiyat rivojiga oʻz hissangizni qoʻshib, xalqimiz va Prezidentimizning hurmat-eʼtiborini qozonib yurishingizni, doimo oʻktam va shahdam qadamlar bilan olgʻa intilishingizni tilaymiz!

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHI RAISINING FARMOYISHI

2024-yil 22-noyabr

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan:

1. Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi 2024-yil 26-noyabr kuni soat 10-00 ga chaqirilsin.

2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining doimiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashida ish yuritish yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Chinoz tumani Kengashi raisi
#Chinoz_tumani
#FVB

Chimoz tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida tuman hududidagi 21-sonli maktabda, 34-sonli DMTTda hamda "Navro‘z" mahallasida yasovchi fuqorolar honadonlarida yongʻin xavfsizligi masalalariga targʻibot ishlari olib borildi.

Targʻibot davomida aholi o‘rtasida yongʻinlarning oldini olish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha maʼlumotlar tarqatildi. Xususan, xonadonlarda yong‘in xavfini kamaytirish uchun amaliy maslahatlar berildi. Shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha maxsus ko‘nikmalar va ehtiyot choralarini o‘rgatish ishlari ham amalga oshirildi.

Bunday tadbirlar aholi o‘rtasida xavfsizlikni taʼminlash va favqulodda vaziyatlar paytida zarur choralarni ko‘rish borasida muhim o‘rin tutadi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Oʻrganish_va_natija

"Kambag‘allikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda  
    
💫Chinoz tumani 1-sektor hududidagi "Chinmaschid" mahallasida yashovchi fuqaro S. Sagdullaeva tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik markazi tomonidan berilgan yoʻllanma asosida 3 oylik tikuvchilik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng, fuqaro S.Sagdullaevaga 2024 yil 22 noyabr kuni, subsidiya asosida ikki dona tikuv mashinalari (toʻgʻri chok va overlok) topshirildi.

💫Shuningdek S.Sagdullaeva Davlat xizmatlari markazi tomonidan oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olindi.

Har bir oilaga yordam berish, ularni qoʻllab-quvvatlash va hayotdagi imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish uchun shunga oʻxshash tashabbuslar oʻz samarasini bermoqda.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|