Chinoz tumani hokimligi
2.89K subscribers
20.8K photos
2.61K videos
22 files
5.74K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Chinozda ichki yo’llar obod bo’lmoqda

Chinoz tumani Navro’z mahallasi Ramadon ko’chasida aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida ichki yo’llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jami 480 kvadrat metr maydonda (uzunligi 120 metr, eni 4 metr) beton yotqizish ishlari bajarilmoqda. Ushbu ishlar aholining qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

🩺
Chinoz tumanida aholining salomatligini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar doirasida navbatdagi tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

A.Navoiy nomli oilaviy shifokorlik punktida tashkil etilgan tibbiy koʻrikda, LOR, terapevt, pediatr, nevropatolog, oftalmolog, infeksionist, kardiolog, onkolog, okulist, xirurg, ginekolog kabi tor doiradagi mutaxassis shifokorlar ishtirok etib, aholining salomatligini oʻrganishdi.

Koʻrik davomida rentgen, UZD, kardiogramma apparatlari orqali diagnostika oʻtkazildi.

Bu galgi tibbiy koʻrik Usmon Nosir, "Istiqlolol" mahallalarida yashovchi fuqarolar aholisi uchun boʻlib oʻtmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Xon atlas - milliy iftixorimiz!

Har bir millatning o’ziga xos ma’naviy va madaniy boyliklari bor. Xon atlas ana shunday durdona merosimizdan biri bo’lib, u Toshkent viloyatining barcha hududlarida, jumladan Chinozda ham yoshlar, qariyalar va barcha ayollar tomonidan faxr bilan kiyiladi.

Chinoz tumani xotin-qizlar faollari ham o’z ish faoliyatini milliy liboslarda boshladi. Xon atlas - bu nafaqat go’zal mato, balki bizning milliy g’ururimiz, boy madaniyatimiz va azaliy an’analarimizning yorqin ifodasidir!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinozda sog’lom turmush tarzi targ’iboti davom etmoqda

Bugun "Paxtaobod" MFYda aholining salomatligini yaxshilash va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari
Chinoz tumani kengashi kotibiyat mudiri A.Bahromov, tuman Nuroniylar kengashi raisi M.Mirsodiqov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla faollari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar sog’lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarni oldini olish bo’yicha aholiga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Shuningdek, fuqarolar tibbiy ko’rikdan ham o’tkazildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Dolzarb_90_kun

Chinozda yoshlar uchun harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Chinoz tumanidagi 4 va 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish rejasiga asosan, Yoshlarda Vatanparvarlik ruhini tarbiyalash hamda Harbiy xizmat sohasiga qiziqishlarini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tuman bo’linmasi hamda 35012-sonli harbiy qismi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda o’quvchilar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona, oshxona, sport bilan shug’ullanish uchun ajratilgan maydon, o’quv va dam olish xonalari bilan tanishdilar. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan favqulodda holatlardan chiqish yo’llari amalda ko’rsatildi.

Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga harbiy qism qo’mondonidan javob olishdi. Bu esa yoshlarda harbiy bo’lish istagini yanada kuchaytirdi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani

Chinozda “Bosh prokuror kubogi” uchun kurash bellashuvlari bo’lib o’tdi

Chinoz tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Bosh prokuror kubogi” kurash sport turining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Bellashuvlarda 5 ta vazn toifasida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan polvonlar g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

Kuchlilar o’rtasida murosasiz kechgan bahslar natijasida eng sara kurashchilar viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Musobaqaga tashrif buyurgan tuman prokurori Gʻ.Abdusalomov, IIB boshligʻi O.Gʻanibekov, tuman DSI boshligʻi T.Ahmedov, Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev hamda
Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyevalar, yosh sportchilarni qo’llab-quvvatlab, ularga esdalik sovg’alar va diplomlar topshirishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularni sog’lom turmush tarziga jalb qilishga xizmat qiladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanida aholini uzluksiz va xavfsiz gaz taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan: "Humo" mahallasi Bobur koʻchasidagi eskirgan qoʻsh qator gaz quvuri oʻrniga diametri 57 mm boʻlgan yangi gaz quvuri qurildi.
"Humo" mahallasi hududidagi mayda gaz quvurlari diametri 57 mm boʻlgan quvurlarga almashtirilib, tartibga keltirilmoqda.
"Gulzorobod" mahallasidagi RGD-80 gaz taqsimlash punkti (GTP) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida mukammal taʼmirlandi. Taʼmirlash jarayonida kirish bosimi 2.4 kgf/sm², chiqish bosimi 0.2 kgf/sm² ga keltirildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlardagi GTNlarni taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#FVB

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha DOLZARB 30 KUN"

Oylik doirasida
Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar, gaz havo aralashmasining portlashi yoki chaqnashi bilan bogʻliq hodisalarni oldini olish maqsadida Chinoz tumani hududida joylashgan "Chinoz neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ hududida oʻquv taktik amaliy mashgʻulot oʻtkazilib barcha ishchi xodimlarga Favqulodda hodisalarning oldini olish yoki qanday harakat qilish boʻyicha tushunchalar berildi. Bu borada tumanimiz hududida keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanidagi “Yaxshi-niyat” MFYda joylashgan 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog’lomlashtirish va “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida turli sport to’garaklari faoliyati yo’lga qo’yildi.

Endilikda bolajonlar taekvondo, boks, shaxmat-shashka va badiiy gimnastika bilan muntazam shug’ullanish imkoniyatiga ega. Bu kabi tadbirlar yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamol rivojlanishiga xizmat qiladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida yosh avlodning barkamol rivojlanishi, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025 yil 15 may kuni o’tkazilgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kitoblar karvoni”ning bugungi manzili
Chinoz tumanidagi 40-maktab bo‘ldi. Tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari maktabning “Gulxan” oromgohida “Bolaga kitob bering” shiori ostida kitob yarmarkasini tashkil etishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|