Chinoz tumani hokimligi
2.9K subscribers
20.4K photos
2.59K videos
22 files
5.67K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

"Eshonobod" mahallasi markazida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman IIB boshlig‘i O. G‘anibekov, Xalq qabulxonasi mudiri G. Karabayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda "Eshonobod" mahallasida joylashgan "Istirohat bog‘i"da olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi.

"Istirohat bog‘i" hududida ishlar ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Daraxtlarga shakl berilib, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilmoqda, tungi chiroqlar sozlanib , kechki payt bog‘ hududi o‘zgacha go‘zallikka burkanadi. Shu bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘rindiqlar ta’mirlanib, bo‘yalmoqda.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.


Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga kiritilgan quyidagi masala yuzasidan Chinoz tumani prokurori G.Abdusalomovning, Chinoz tumanida 2025-yil g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlarining oqibatlari, bunday harakatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik, talon-tarojlikni oldini olish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

👉BATAFSIL

Xusan Arabbayev,
Doimiy komissiya a'zosi,


t.iss.one/chinoztumankengash
#Chinoz_tumani
#Sessiya
#Eʼlon

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi 2025-yil 3-iyun kuni soat 10:00 da tuman hokimligi katta majlislar zalida o‘tkaziladi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Sport

Nurafshon shahrida o’tkazilgan OAV vakillari va blogerlar spartakiadasida media olami vakillari va blogerlar jam bo’lishdi. Musobaqa yuqori kayfiyatda o’tdi va hech bir hudud e’tibordan chetda qolmadi.
Chinoz tumani jamoasi ham mazkur spartakiadada munosib ishtirok etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” hamda 1-iyun “Bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan ajoyib tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalaridan kelgan bolajonlar o’zlarining dilbar musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etib, barchaga quvonch ulashishdi. Uslubchilar tomonidan tashkil etilgan “Ona Yerni asrash” ko’rgazmasi esa tabiatga mehr uyg’otishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo’ldi.

Eng qizig’i, bolajonlar tabiatni asrashga bag’ishlangan va qayta ishlash mumkin bo’lgan materiallardan tayyorlangan liboslar ko’rgazmasini namoyish etishdi. Bu orqali ular “yashil” iqtisodiyot g’oyasini qanchalik qo’llab-quvvatlashlarini amalda ko’rsatdilar.

Bu tadbir yosh avlodning ekologik madaniyatini oshirishga va ularning tabiatga bo’lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Sport

Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining og‘ir atletika bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi.
Chinoz tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasi mazkur musobaqalarning og’ir atletika yo’nalishi bo’yicha mintaqaviy bosqichiga mezbonlik qildi.

Tadbirda
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman IIB boshlig‘i O. G‘anibekov va hokim oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov A.Navoiy mahallasida zamonaviy sport maydonining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu tadbir yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishini oshirish va ularning jismoniy barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida tuman hokimi yoshlarning sport sohasidagi erishgan yutuqlarini e’tirof etib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.

2024-yilda DXX kubogi qiz bolalar o’rtasida mini futbol bo’yicha respublika bosqichida A.Navoiy mahallasi qiz bolalar jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Sport vazirligi tomonidan ushbu yutuq e’tirof etilib, mahallaga stritvorkaut sport maydoni qurib berildi.

Yangi sport maydoni yangi chempionlar yetishtirishga xizmat qiladi va yosh avlod uchun sport bilan shug’ullanishga qulay sharoit yaratadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|
Telegram|Web site|Facebook|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Tabrik

Siz doim eʼtibor va eʼzozda boʻlasiz

Aziz bolajonlar, kelajagimiz davomchilari sizlarni bugungi bayram bilan muborakbod etaman. Orzulari oʻzidan-da ulkan togʻlar kabi boʻlgan sizdek kichkintoylarning taʼlim tarbiya olishlaringiz uchun tumanda munosib shart-sharoitlar yaratish oldimga qoʻygan eng oliy maqsadimdir. Bu borada bor kuch gʻayrat va shijoatim bilan harakat qilmoqdaman. Oʻz navbatida sizlardan ham yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda
Chinoz tumanining dovrugʻini dunyo arenalariga olib chiqadigan yoshlar boʻlib yetishishingizni tilab qolaman.

Shuni unutmangki, Sizni oldinda yangi imkoniyatlar, zafarlar bilan birga, sinovlar, yuksak dovonlar, murakkab va sharafli yoʻllar kutmoqda.

Hurmat bilan Sherzod Salixov
Chinoz tumani hokimi
#Chinoz_tumani
#Hashar

Chinoz tumanida Qurbon Hayitini munosib kutib olish maqsadida barcha qabristonlarda obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Salixov tashabbusi bilan tashkil etilgan hasharlar, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Hasharlar davomida qabristonlarga kirish yo‘laklari, sug‘orish ariqlari tozalanib, daraxtlarga shakl berildi hamda begona o‘tlardan tozalandi va oqlandi. Qolaversa, qabriston hududlarini yanada obod qilish maqsadida manzarali gullar ekildi.

Tuman aholisining faolligi bilan o‘tayotgan ushbu hasharlar nafaqat qabristonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilashga, balki odamlarning o‘z o‘tmishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, yaqinlarining xotirasini yod etishiga ham xizmat qiladi.

Xususan,"Sayid Jaʼfar Battol G‘ozi", “G‘aybulla ota”, “Uzunqul ota” kabi qabristonlarda hasharlar ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi. Tumanimizdagi boshqa qabristonlarda ham obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
#Chinoz_tumani
#EʼLON

Qurbon hayiti bayram tadbiri munosabati bilan o‘qiladigan qurbon hayit namozida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida
Chinoz tumanidagi "Xo‘ja”, " Chinmasjid", "Mevazor", "Yaxshi niyat", "Chorvador", "Markaziy", "Tong yulduzi", "Soxibkor", "Islomobod" mahallalarida joylashgan jome masjidlariga olib boruvchi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakatlanishini vaqtinchalik 5-iyun tungi soat 00:00 dan 6-iyun tonggi soat 07:00 gacha to‘xtatiladi.

Shuningdek "Toshkent - Dushanbe" M34 avtomobil yo'lining "Eski Toshkent" jome masjidiga olib boruvchi 29-30 km oralig'i huddi shu tartibda to‘xtatiladi.

Shu munosabat bilan harakat ishtirokchilaridan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, YPX inspektorlarining ko‘rsatmalariga amal qilishlarini so‘raymiz.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site|Facebook|Instagram|