Chinoz tumani hokimligi
2.22K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.87K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Tabrik

8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarini samimiy tabriklaymiz!


Qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona xizmatlaringiz yurtimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Sizning mashaqqatli mehnatingiz xalq ishonchini qozonishda muhim ahamiyatga ega.

Ishlaringizda doim muvaffaqiyat, hayotingizda esa tinchlik va farovonlik hamroh bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Inson_qadri

Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Zafar Sultanov "Xoʻja" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida qabul oʻtkazgan edi.

Qabulda "Xoʻja" mahallasida yashovchi fuqarolar "Istiqlol-1" va "Istiqlol-2" koʻchalarida kanalizatsiya quvurlari yotqizish ishlari yakunlangani sababli, ichki koʻchalarni shagʻallashtirish masalasida murojaat qilishdi.

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari tashabbusi bilan "Buxoro suv maxsus qurilish" MCHJ xodimlari va maxsus texnikalari jalb qilinib, murojaatda koʻrsatilgan koʻchalarning 500 metri shagʻal bilan qoplanib, maxsus texnika yordamida tekislash ishlari olib borildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Brifing

Chinoz tumani Sanepid boʻlimi vrach epidemiologi Shahnoz Ziyatova ishtirokida brifing tashkil etildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Paxtaobod_MFY
#Ayollar_daftari

Chinoz tumanida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov jarayonlari davom etmoqda.
"Paxtaobod" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qaroriga asosan, ushbu jarayon barcha mahallalarda olib borilmoqda.

"Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan va ehtiyojmand bo‘lgan xotin-qizlar kiritilishi belgilangan. Xususan, ro‘yxatga quyidagi toifadagi ayollar kiritiladi:

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
2. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
3. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar.
4. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
5. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
6. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#suv
#Chinoz_tumani

Filiallarimizda qiziq, qisqa va aniq xabarlar! – Chinoz tumani filiali tomonidan ichimlik va oqova tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etilish jarayoni

– "Gulzorobod" MFY dagi diametri 110 mm li ichimlik suv quvuri;

– "Amir Temur" MFY dagi diametri  110 mm li ichimlik suv quvuri;

– "Tilla topgan" MFY dagi oqova suv quvuri tizimi nosozligi bartaraf etildi.

👉 ☎️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ dispetcherlik xizmati (24/7)

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Oʻrganish

Chinoz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva, tumandagi Oilaviy poliklinikalar va Qishloq vrachlik punktlarida faoliyat koʻrsatayotgan patronaj hamshiralar hamda mahallarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikda ishlash holatini oʻrganish uchun, "Istiqlol" mahallasidagi Qishloq vrachlik punktini va aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oʻrganib chiqdi.

Ushbu oʻrganishlarning aniq maqsadi aholi uchun tibbiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlarning samarali koʻrsatilishiga eʼtibor qaratish, shuningdek, hamshiralar va ijtimoiy xodimlarning ish faoliyatini, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan. Bu kabi tadbirlar, aholining sogʻliqni saqlash va ijtimoiy yordamga boʻlgan ehtiyojlarini toʻgʻri aniqlash, mavjud muammolarni hal qilish hamda tibbiy va ijtimoiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun katta ahamiyatga ega.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati