Chinoz tumani hokimligi
2.1K subscribers
18.2K photos
2.18K videos
22 files
4.84K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Shukuh

Yangi yil bayrami arafasida
Chinoz tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovgʻalari topshirildi.

🎄
Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Zafar Sultanov ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularning qalbiga quvonch ulashish maqsadida bolajonlarga bayram sovgʻalarini topshirdi.

🎄Bu kabi tadbirlar, mehr-muruvvatlilik va saxovatpeshalikni targʻib qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga eʼtibor qaratish anʼanasining davomidir. Yurtimizda bu kabi ijtimoiy yordam tadbirlari bayramlar arafasida odatga aylangan va odamlar hayotiga quvonch olib kelmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Shukuh

Chinoz tumanida bayram shukuhi

Праздничная атмосфера в Чиназском районе

Festive atmosphere in Chinaz district


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Taʼlim

Chinoz tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida qishki taʼtil vaqtida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahoratini oshirish maqsadida "Dars jarayonlarini innovatsion usulda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish" mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarni maxsus fan oʻqituvchisi G.Xolmurodova va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi SH.Shakirovlar olib bordilar.

BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Zafar Sultanov, Toshkent viloyati xalq banki vakili hamda tumandagi tijorat banklari rahbarlari, "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "Yovvosh", "Markaziy" va "Birlik" mahallalarida aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun moliyaviy imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va banklar tomonidan taqdim etilayotgan shartlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida tadbirkorlar va aholi bilan uchrashishdi.

Mehnat bozorini rivojlantirish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish maqsadida, mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan ushbu tashabbus, aholini tadbirkorlikni olib borish va banklar taklif etayotgan imtiyozlar haqida xabardor qilishga yordam beradi. Bu holat, aholiga qoʻshimcha imkoniyatlar taqdim etish va ish bilan taʼminlash orqali ularning hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#seminar

Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari L.Shamsudinov, "Agroinspeksiya"ning Toshkent viloyati boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Oʻ. Nurbekov va sohaga aloqador qishloq xoʻjaligi korxona va fermer xoʻjaligi rahbarlari ishtirokida bahorgi dala ishlarida ishtirok etish uchun qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini mavsumga shay holatga keltirishga bagʻishlangan amaliy seminar oʻtkazildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Qishloq_xoʻjaligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida "Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari"ga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, "Suv yetkazib berish xizmati" DM xodimlari va fermer xoʻjaligi xodimlari bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar doirasida, tumanning
Chinoz va Oxunboboyev hududlarida ichki ariqlarni betonlashtirish, "Yangiobod" va A.Temur hududlarida ichki ariqlarni mexanizm yordamida tozalash, shuningdek, T.Oxunova, "Eshonobod" va A.Navoiy hududlarida ichki ariqlarni qoʻl bilan tozalash ishlari olib borilmoqda. Bu choralar suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash va qishloq xoʻjaligida suv yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#seminar

2025-yil hosili uchun
Chinoz tumanida 79 ta fermer xoʻjaliklari va "GTG AGRO" MCHJ klaster korxonasi tomonidan 7500 gektar maydonga boshoqli don ekilib, parvarish qilinayotgan boʻlsa, bugun ushbu ekinlar uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Seminarda fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari boshoqli don ekinlarini samarali yetishtirish maqsadida mahalliy oʻgʻitlarning ahamiyati va ularni qoʻllash usullari boʻyicha mutaxassislardan maʼlumotlar olishdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Inson_qadri

📌
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixovga Amir Temur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro nogironligi boʻlgan farzandiga nogironlar uchun elektron arava kerakligi haqida murojaat qilgan edi.

Tuman hokimi Sherzod Salixovning topshirigʻiga asosan, tuman hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva va tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan fuqaroning yashash manziliga elektron nogironlar aravachasi yetkazib berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Joriy yil 4-yanvar kuni
Chinoz tumani 35-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan kengaytirilgan tahliliy-tanqidiy yigʻilishda, Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi D.Isakov hamda maktab rahbarlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda quyidagi asosiy masalalar koʻrib chiqildi:
1. Oʻquvchi-yoshlarni taʼtil davrida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish.
2. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarining elektron platformalardan samarali foydalanish mexanizmini tashkil etish.
3. Tuman barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar.
4. CHQBT rahbarlari xonalarini jihozlash hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik koʻrish ishlarini tashkil etish.

Yigʻilishda shuningdek, har bir masala boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab berildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|