Chinoz tumani hokimligi
2.09K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.86K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Joriy yil 4-yanvar kuni
Chinoz tumani 35-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan kengaytirilgan tahliliy-tanqidiy yigʻilishda, Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi D.Isakov hamda maktab rahbarlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda quyidagi asosiy masalalar koʻrib chiqildi:
1. Oʻquvchi-yoshlarni taʼtil davrida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish.
2. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarining elektron platformalardan samarali foydalanish mexanizmini tashkil etish.
3. Tuman barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar.
4. CHQBT rahbarlari xonalarini jihozlash hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik koʻrish ishlarini tashkil etish.

Yigʻilishda shuningdek, har bir masala boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab berildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Oʻrganish

📌
Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Z. Sultanov hamda tumanda tuzilgan ishchi guruh masʼullari bilan birgalikda "Chinoz dehqon bozori" MCHJda Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasida narx-navoning barqarorligini hamda narxlarning asossiz oshib ketmasligini taʼminlash va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etilishi holatlarini oʻrganishdi.

♦️Oʻrganish jarayonida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining rastalarda uzluksizligini taʼminlash, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Taʼlim

Chinoz tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida qishki ta'til vaqtida o‘qituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida "Ingliz tili dars jarayonlari uchun vizual didaktik materiallarni tayyorlash metodikasi" bo‘yicha seminar tashkil etildi. Ushbu seminarni ingliz tili o‘qituvchilari D.Yuldashev va Y.Urdabekovalar olib bordilar. Seminar davomida o‘qituvchilar va ustalar uchun ingliz tili darslarini yanada samarali o‘tkazish uchun vizual materiallardan qanday foydalanish kerakligi, ularni yaratish usullari va taʼlim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Bunday seminarlar o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirib, ularga o‘quvchilarga yanada qiziqarli va samarali darslar o'tish imkoniyatini beradi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Ayollar_daftari

Chinoz tumanida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov jarayonlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 145-sonli qaroriga asosan, ushbu jarayon barcha mahallalarda olib borilmoqda.

"Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan va ehtiyojmand bo‘lgan xotin-qizlar kiritilishi belgilangan. Xususan, ro‘yxatga quyidagi toifadagi ayollar kiritiladi:

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
2. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
3. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar.
4. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
5. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
6. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinoz tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida qishki taʼtil vaqtida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ʼDavlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari toʻgʻrisidagi Qarori mazmun-mohiyati" boʻyicha seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarni huquq fani oʻqituvchisi N.Hikmatillayev olib bordi. Seminar davomida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq qoidalarining ahamiyati, ularning taʼlim va ish jarayonlariga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bu seminar oʻqituvchilarga va taʼlim ustalariga oʻz faoliyatlarida professional va axloqiy tamoyillarga rioya etish, shuningdek, oʻquvchilarga toʻgʻri axloqiy meʼyorlarni oʻrgatishda yordam beradi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Qabul

Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Zafar Sultanov "Xo‘ja" mahalla fuqarolari yigʻinida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal qilish maqsadida qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha murojaat qilishdi .

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, mutasaddi tashkilot rahbarlariga aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish uchun zarur ko‘rsatmalar va topshiriqlar berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Inkluziv_taʼlim

Chinoz tumanidagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun maxsus taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda taʼlim tashkilotlarida bilim olishga teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida "Individual taʼlim" mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarning asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga bolalarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, taʼlim jarayonida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni berishdan iborat.

Seminarda mutaxassislar va pedagoglar taʼlimning inkluziv usullari, individual yondashuv va maxsus taʼlim ehtiyojlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishdi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Bank_va_mijoz

Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Zafar Sultonov "Agrobank" ATB Chinoz tumani filiali binosida "Uychi" tajribasi asosida tadbirkorlik subʼektlari va aholi bilan "Bank va mijoz" uchrashuvini oʻtkazdi.

Uchrashuvda tumanda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish, boʻsh ish oʻrinlarga joylashtirish, kreditlar orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻzini oʻzi band qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar va zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Tabrik

8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarini samimiy tabriklaymiz!


Qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona xizmatlaringiz yurtimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Sizning mashaqqatli mehnatingiz xalq ishonchini qozonishda muhim ahamiyatga ega.

Ishlaringizda doim muvaffaqiyat, hayotingizda esa tinchlik va farovonlik hamroh bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Inson_qadri

Chinoz tumani hokimining 1-oʻrinbosari Zafar Sultanov "Xoʻja" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida qabul oʻtkazgan edi.

Qabulda "Xoʻja" mahallasida yashovchi fuqarolar "Istiqlol-1" va "Istiqlol-2" koʻchalarida kanalizatsiya quvurlari yotqizish ishlari yakunlangani sababli, ichki koʻchalarni shagʻallashtirish masalasida murojaat qilishdi.

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari tashabbusi bilan "Buxoro suv maxsus qurilish" MCHJ xodimlari va maxsus texnikalari jalb qilinib, murojaatda koʻrsatilgan koʻchalarning 500 metri shagʻal bilan qoplanib, maxsus texnika yordamida tekislash ishlari olib borildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|