Chinoz tumani hokimligi
2.29K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.87K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from Alisher Mavlonov
#sessiya

DEPUTATLAR 2023 YIL BUDJETINI TASDIQLASHDI

Joriy yilning 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi 59-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
- Chinoz tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Chinoz tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 16-fevral kuni “Chorvachilik va ipakchilik sohasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 15-sonli bayonida berilgan topshiriqlarning Chinoz tumanidagi ijrosi to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida tashabbusli budjet jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilishi holati to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha yanvar oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi, tuman Kengashi kotibiyati hamda tuman Kengashi doimiy komissiyalarning 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Baxramov Asqar, Xafizov Xikmatilla, Avezov O‘rinboy, Saydalieva Mavluda, Abdullaev Xudoyor, Muxamadieva Nigora, Teshabaev Davron so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Sessiya
#Chinoz_tumani

OLTMISHINCHI SESSIYA

2023-yil 3-fevral kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Alimbekov Botir Boxodirovich olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2022-yil yakunlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karabayevning axboroti;
- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha fevral oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. M.Zufarovning hisoboti;
- Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limini boshlig‘i A.Rashidovning axboroti;
- Chinoz tumani mahalliy budjetining 2022-yilgi ijrosi hamda 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. M.Zufarovning hamda Chinoz tumani hokimligi Moliya bo‘limi mudiri B.Isroilovning hisobotlari tinglandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Dadajanov Olimjon, Xafizov Xikmatilla, Avezov O‘rinboy so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Savol-javoblarga, keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Sessiya
#Chinoz

Sessiya o'z ishini yakunladi.

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda oltita masala deputatlar muhokamasiga kiritildi. Har bir masala yuzasidan so'zga chiqgan ma'ruzachilarga sessiya qatnashchilari savollar berib masalalarga oydinlik kiritib olishdi. Shundan so'ng bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olinib, qaror loyihalari qabul qilindi. Sessiya ishiga tuman hokimi B.Alimbekov raislik qildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#sessiya

SESSIYADA TURLI XIL FIKRLAR BILDIRILDI

Joriy yilning 13-sentabr kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor kotiblari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
- Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar tomonidan 8 oy davomida olib borilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida va 2022-yil 22-sentyabr kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha tasdiqlangan 67-sonli yig‘ilish bayonining Chinoz tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Baxramov Asqar, Ergashov Shuxrat N.Muxamadiyeva, Sodikov Ismoil, Dadajonov Olimjon, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zufarov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Toshkent viloyati ekologiya atrof-muxitini muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Chinoz tuman bo‘limi boshlig‘i O.Isaxonov, Chinoz tumani SEO va JSB boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Savol-javoblarga, keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Sessiya

#Chinoz tumani

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

BATAFSIL👇👇👇

https://t.iss.one/chinozpressa
#Sessiya
#Chinoz tumani

Joriy yilning 24-noyabr kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, sektor rahbarlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Хalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibragimov Farhod raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Chinoz tumanida ko‘p qavatli uy-joylarni va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasining yaratilganlik holati to‘g‘risida;
2. Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
3. Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha noyabr oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;
5. Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 9 oylik ijrosi hamda 2023-yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida;
6. Chinoz tumanida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;
7. Chinoz tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida;
8 Chinoz tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilganligi holati to‘g‘risida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri yakuni haqida;
9. Chinoz tumani hududida “Hokimlikning yashil bog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Ergashov Shuxrat, Muhamadieva Nigora, Shermatova Kammuna, Xafizov Xikmatilla so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Savol-javoblarga, keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Sessiya

#Chinoz tumani

Joriy yilning 26-dekabr kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
#Sessiya

#Chinoz_tumani

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, sektor rahbarlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alimbekov Botir Boxodirovich raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2023-yilgi ijrosi hamda 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2024-yil 8-yanvardagi “Chinoz tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-75-1-10-144-K/24-sonli qarorining 7-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
3. Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha yanvar oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;
4. O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 13-dekabrdagi Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahallliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi № 3787–IV/KQ-642–IV son Qo‘shma Qarorining ijrosi to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2023-yilning 12 oyi yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti to‘g‘risida.
7. Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti haqida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2023-yilda tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-sonli qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi yuzasidan bajarilgan ishlar haqida tumandagi sektor rahbarlarining hisoboti hamda sektorlarning 2024-yilning 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”larini tasdiqlash to‘g‘risida.
10. Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan 2023-yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining hisoboti to‘g‘risida.
11. Boshqa masalalar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Muhamadiyeva Nigora, Baxramov Asqar, Shermatova Kammuna, Xafizov Xikmatilla so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Savol-javoblarga keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Sessiya

#Chinoz tumani

Joriy yilning 13-fevral kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 78-sessiyasi ZOOM platformasi orqali masofaviy (onlayn) tarzda bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Davron Teshabayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar:
- Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Shuhrat Ergashov, Olimjon Isoqov so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Chinoz_tumani
#Sessiya

⚡️Bugun oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


🔹Unda tuman kengashiga saylangan deputatlar, Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov ,Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov viloyatdagi tegishli boshqarma boshliqlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹Sessiya kun tartibidagi 1-masala Chinoz tumanida paxta va g‘allachilik klasterlarining 2023-yilda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari hamda 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni muhokama qilish to‘g‘risida;

🔹Kun tartibidagi 2-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 18-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 3-sonli bayonida berilgan topshiriqlarni Chinoz tumanida ijrosini tashkil etish to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🔹Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida tuman hokimi, deputatlar hamda tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklar rahbarlari va klasterlar mas’ul vakillari so‘zga chiqib, o‘zlarining savol taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram|
#Sessiya

#Chinoz tumani

Joriy yilning 04-mart kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farhod Ibragimov raislik qildi va olib bordi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar:
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazish to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha mart oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Olimjon Dadajonov, Yigitali Ruzaliyev , Ismoil Sodiqov, Davron Teshaboyevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Chinoz_tumani
#Sessiya

Joriy yilning 26-mart kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi 81-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

👉Batafsil


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Sessiya

⚡️Joriy yilning 9-aprel kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mutaxasislari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

👉BATAFSIL

✍🏻 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Chinoz_tumani
#Sessiya

2024 -yilning 29-aprel kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Sessiya


Joriy yilning 20-may kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|