Chinoz tumani hokimligi
2.9K subscribers
20.4K photos
2.6K videos
22 files
5.68K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Sport

Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining og‘ir atletika bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi.
Chinoz tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasi mazkur musobaqalarning og’ir atletika yo’nalishi bo’yicha mintaqaviy bosqichiga mezbonlik qildi.

Tadbirda
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman IIB boshlig‘i O. G‘anibekov va hokim oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov A.Navoiy mahallasida zamonaviy sport maydonining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu tadbir yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishini oshirish va ularning jismoniy barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida tuman hokimi yoshlarning sport sohasidagi erishgan yutuqlarini e’tirof etib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.

2024-yilda DXX kubogi qiz bolalar o’rtasida mini futbol bo’yicha respublika bosqichida A.Navoiy mahallasi qiz bolalar jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Sport vazirligi tomonidan ushbu yutuq e’tirof etilib, mahallaga stritvorkaut sport maydoni qurib berildi.

Yangi sport maydoni yangi chempionlar yetishtirishga xizmat qiladi va yosh avlod uchun sport bilan shug’ullanishga qulay sharoit yaratadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|
Telegram|Web site|Facebook|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Tabrik

Siz doim eʼtibor va eʼzozda boʻlasiz

Aziz bolajonlar, kelajagimiz davomchilari sizlarni bugungi bayram bilan muborakbod etaman. Orzulari oʻzidan-da ulkan togʻlar kabi boʻlgan sizdek kichkintoylarning taʼlim tarbiya olishlaringiz uchun tumanda munosib shart-sharoitlar yaratish oldimga qoʻygan eng oliy maqsadimdir. Bu borada bor kuch gʻayrat va shijoatim bilan harakat qilmoqdaman. Oʻz navbatida sizlardan ham yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda
Chinoz tumanining dovrugʻini dunyo arenalariga olib chiqadigan yoshlar boʻlib yetishishingizni tilab qolaman.

Shuni unutmangki, Sizni oldinda yangi imkoniyatlar, zafarlar bilan birga, sinovlar, yuksak dovonlar, murakkab va sharafli yoʻllar kutmoqda.

Hurmat bilan Sherzod Salixov
Chinoz tumani hokimi
#Chinoz_tumani
#Hashar

Chinoz tumanida Qurbon Hayitini munosib kutib olish maqsadida barcha qabristonlarda obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Salixov tashabbusi bilan tashkil etilgan hasharlar, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Hasharlar davomida qabristonlarga kirish yo‘laklari, sug‘orish ariqlari tozalanib, daraxtlarga shakl berildi hamda begona o‘tlardan tozalandi va oqlandi. Qolaversa, qabriston hududlarini yanada obod qilish maqsadida manzarali gullar ekildi.

Tuman aholisining faolligi bilan o‘tayotgan ushbu hasharlar nafaqat qabristonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilashga, balki odamlarning o‘z o‘tmishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, yaqinlarining xotirasini yod etishiga ham xizmat qiladi.

Xususan,"Sayid Jaʼfar Battol G‘ozi", “G‘aybulla ota”, “Uzunqul ota” kabi qabristonlarda hasharlar ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi. Tumanimizdagi boshqa qabristonlarda ham obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
#Chinoz_tumani
#EʼLON

Qurbon hayiti bayram tadbiri munosabati bilan o‘qiladigan qurbon hayit namozida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida
Chinoz tumanidagi "Xo‘ja”, " Chinmasjid", "Mevazor", "Yaxshi niyat", "Chorvador", "Markaziy", "Tong yulduzi", "Soxibkor", "Islomobod" mahallalarida joylashgan jome masjidlariga olib boruvchi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakatlanishini vaqtinchalik 5-iyun tungi soat 00:00 dan 6-iyun tonggi soat 07:00 gacha to‘xtatiladi.

Shuningdek "Toshkent - Dushanbe" M34 avtomobil yo'lining "Eski Toshkent" jome masjidiga olib boruvchi 29-30 km oralig'i huddi shu tartibda to‘xtatiladi.

Shu munosabat bilan harakat ishtirokchilaridan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, YPX inspektorlarining ko‘rsatmalariga amal qilishlarini so‘raymiz.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site|Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Hashar

Chinoz tumanida Qurbon Hayitini munosib kutib olish maqsadida barcha qabristonlarda obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Salixov tashabbusi bilan tashkil etilgan hasharlar, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Hasharlar davomida qabristonlarga kirish yo‘laklari, sug‘orish ariqlari tozalanib, daraxtlarga shakl berildi hamda begona o‘tlardan tozalandi va oqlandi. Qolaversa, qabriston hududlarini yanada obod qilish maqsadida manzarali gullar ekildi.

Tuman aholisining faolligi bilan o‘tayotgan ushbu hasharlar nafaqat qabristonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilashga, balki odamlarning o‘z o‘tmishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, yaqinlarining xotirasini yod etishiga ham xizmat qiladi.

Xususan,"Ovdara ota", “Uch ota”, “Botir ota” kabi qabristonlarda hasharlar ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi. Tumanimizdagi boshqa qabristonlarda ham obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Dolzarb_90_kun

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida
Chinoz tumanidagi umumta’lim maktablarida o’quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli o’tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Maktablarda bolajonlar uchun qiziqarli to’garaklar o’z faoliyatini boshladi. Sportga mehr qo’ygan bolalar futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlariga qiziqishlari ortmoqda. Kitobxonlikni sevadigan yoshlar uchun maktab kutubxonalari o’z eshiklarini ochdi. Chet tillarni o’rganish, robototexnika, rassomchilik va aniq fanlar bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar esa bolalarning bilimini oshirishga xizmat qiladi.

Yozgi ta’tilda bolalar aniq fanlar bo’yicha to’garaklarda bilimlarini mustahkamlaydilar, chet tillarni o’rganish bilan dunyoqarashlarini kengaytiradilar, sport bilan shug’ullanib jismonan chiniqadilar. Mazkur tadbir yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga, ularning bo’sh vaqtini unumli o’tkazishiga va kelajakda yetuk inson bo’lib yetishishiga xizmat qiladi.
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani hududida joylashgan jome masjidlarida tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-may kunidagi "Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi PQ-195-son qaroriga asosan, hayit namozlari oʻqiladigan har bir jome masjidlarning texnik mustahkamligi, xavfsizlik holati, elektr va gaz jihozlarining texnik sozligi, sanitariya talablariga rioya qilinganligi va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻrganish olib borildi.

Oʻrganish davomida, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha xavfsizlik choralar koʻrilib, aniqlangan kamchiliklar zudlik bilan joyida bartaraf qilindi. Shu oʻrinda aziz fuqarolardan hayit namozini ado etishga kelgan vaqtida yoʻl harakati hamda yongʻin xavfsizligi qoida-talablariga toʻliq rioya qilishingizni soʻraymiz.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
|
Telegram|Web site|Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Chinozda Qurbon hayiti va g’alla o’rimi duolar bilan boshlandi


Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman prokurori G‘.Abdusalomov, tuman IIB boshlig‘i O.G‘anibekov, tuman DSI boshligʻi T.Ahmedov va nuroniylar bilan birgalikda "Sayid Jaʼfar Battol Gʻozi" ziyoratgohida Qurbon hayiti arafasida hamda g’alla o’rimi mavsumi oldidan ehson tadbirini o’tkazishdi. Ziyoratgoh hududida bunyod etilayotgan maqbaradagi qurilish ishlari ham ko’zdan kechirildi.

Chinozlik mehnatkash dehqonlar 7500 gektar maydonda yetishtirilgan g’alla hosilini yig’ishtirib olishga shay!

Shu munosabat bilan "Sayid Jaʼfar Battol Gʻozi" ziyoratgohida jonliq so’yilib, “Chinozdon” korxonasida ehson dasturxoni yozildi. Duolar qilinib, rizq-ro’z barakali bo’lishi, xirmonlar to’lishi tilandi. Qurbon hayitining fayzi va o’rim-terimning barakasi
Chinoz xalqiga hamroh bo’lsin!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|
Telegram|Web site|Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Qabul

Chinoz tumani hokimi Sh.Salixov tuman hokimligida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal qilish maqsadida qabul o‘tkazdi.
Qabulda tuman prokurori Gʻ.Abdusalomov,tuman DSI boshligʻi T.Ahmedov,Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev,tuman hokimining o’rinbosarlari hamda tumandagi mutasaddi korxona hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.Bu esa murojaatlar bo’yicha tezkor va samarali yechim topish imkonini beradi.

Tuman hokimi fuqarolarni diqqat bilan tingladi va imkon qadar fuqarolarning muammolarini hal qilishga harakat qildi.Murojaatlar asosan uy-joy, bandlik,kadastr,tabiiy gaz va suv ta’minoti, sog’liqni tiklash uchun zarur tibbiy yordam, aliment undirish va oilaviy nizolar bilan bog’liq bo’ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa ijobiy yechim topish maqsadida mutasaddi tashkilot rahbarlariga yo’naltirildi. Shuningdek,ba’zi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahatlar ham berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati