Chinoz tumani hokimligi
2.91K subscribers
20.4K photos
2.59K videos
22 files
5.67K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:

“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo

🌐
Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram