Chinoz tumani hokimligi
2.84K subscribers
22.3K photos
2.71K videos
24 files
6.14K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari va tuman Nuroniy jamgʻarmasi hamkorlikda Chinoz tumani "Oydin" mahalla fuqarolar yigʻini hududida "Nuroniylar va Deputatlar" bogʻini barpo etish harakatini boshlab yubordilar.

Bu loyiha
yashil hududlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, odamlarning yashash muhitni yaxshilash va jamoat joylarini obodonlashtirishdir. Ushbu bogʻ nafaqat ekologik toza muhitni yaratish, balki jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

Chinoz tumanida "
Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar oʻtkazildi

🌱Chinoz tumani "Ehtirom" mahallasida tuman hokimi Sherzod Salixov rahbarligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bogʻ barpo etish, mevali va manzarali daraxtlar, gul koʻchatlarini ekish hamda yoʻl boʻylarini obodonlashtirishga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

🌳Seminarda daraxt koʻchatlarini ekish uchun yerni sifatli tayyorlash, koʻchatlarni parvarishlashda agrotexnik qoidalarga rioya etish zarurligi taʼkidlandi. Magistral yoʻl boʻylaridagi nam yerlarga 5 qatordan, quruqroq yerlarga esa 20 qatordan terak koʻchatlari ekish tavsiya etildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

Chinoz tumani "Tillatopgan" mahalla hududida, aholiga dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlari chetiga, "
Yashil makon" umumiy loyihasi doirasida 2000 dan ortiq koʻchatlarni ekish uchun yer maydoni tayyorlandi. Bu tashabbus hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilib, tumanda yashil hududlarni koʻpaytirish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

"
Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari va tuman Nuroniy jamgʻarmasi hamkorlikda Chinoz tumani "Oydin" mahalla fuqarolar yigʻini hududida "Nuroniylar va Deputatlar" bogʻi barpo etilmoqda.

Loyiha doirasida tuman Kengashi deputatlari va Nuroniy jamgʻarmasi tomonidan 1220 tup koʻchat yerga qadaldi. Bu loyiha
yashil hududlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, odamlarning yashash muhitni yaxshilash va jamoat joylarini obodonlashtirishdir. Ushbu bogʻ nafaqat ekologik toza muhitni yaratish, balki jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

📌"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Chinoz tumani elektr taʼminoti korxonasigi hamda "Chinoztumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ekologiya yoʻnalishida samarali ish olib borishmoqda.


🌳"Tillaobod" mahallasi hududida 1500 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish tadbiri mahalla aholisi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u na faqat atrof-muhitni yaxshilash, balki mahalliy aholining daromad koʻrsatkichlarini oshirishga ham xizmat qiladi.

🌳Eng asosiy maqsadlardan biri —
yashil maydonlarni koʻpaytirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi orasida ekologik bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

📌Chinoz tumani "Tillatopgan" mahallasida, aholiga dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlari chetida, "
Yashil makon" umumiy loyihasi doirasida 2000 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🌱Ushbu tashabbus hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, tumanda
yashil hududlarni koʻpaytirish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

🌱Bu loyiha, shuningdek, mahalla aholisi uchun ekoturizmni rivojlantirish va tabiiy resurslarni tejash maqsadida ham katta ahamiyatga ega.

Yashil makon yaratish orqali nafaqat tumanning ekologik holati yaxshilanadi, balki aholi salomatligini qo'llab-quvvatlashda ham katta o'rin tutadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

📌Chinoz tumani "Ehtirom" mahallasida, aholiga va yoshlarga dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlari chetida, "Yashil makon" umumiy loyihasi doirasida 2800 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.


🌱Ushbu tashabbus Yoshlar ishlari agentligi Chinoz tumani boʻlimi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, tadbirda tuman Nuroniylar jamgʻarmasi, Chinoz tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi xodimlari faol ishtirok etishdi.

🌱Ushbu loyiha, mahalla aholisi uchun ekoturizmni rivojlantirish va tabiiy resurslarni tejash maqsadida ham katta ahamiyatga ega.

Yashil makon yaratish orqali nafaqat tumanning ekologik holati yaxshilanadi, balki aholi salomatligini qoʻllab-quvvatlashda ham katta oʻrin tutadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Qir" mahallasida boʻlib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.


🌱Tuman hokimi Sh.Salixov hududni koʻzdan kechirar ekan, ariq boʻylariga manzarali va mevali daraxtlar ekish, shuningdek, dala chetlaridan va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oilalarning daromadlarini oshirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish mumkinligini taʼkidladi.

🌱Ushbu oʻrganish aholining turmush darajasini yaxshilash, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

"Onalar ipakchilik bogʻi"ga tut nihollari qadaldi

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Mahkamova tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, "Ozbekipaksanoat" uyushmasi, Chinoz tumani hokimligi hamkorligida Chinoz tumanida qurilishi rejalashtirilgan pillachilik majmuasi atrofiga 5000 tup tut daraxt koʻchatlari ekilib, "Onalar ipakchilik bogʻi" barpo etildi.

Shuningdek, bahorgi mavsumda tut koʻchatining xitoy navidan yana 10000 tup ekilishi rejalashtirilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Yashil_makon

Yashil makon: Chinoz tumanida "Onalar bogʻi" tashkil etildi

🌱Bugun, Chinoz tumani oila va xotin-qizlar boʻlimi tashabbusi bilan yana bir xayrli ishga qoʻl urildi. "Ehtirom" mahalla fuqarolar yigʻinida "Onalar bogʻi" tashkil etildi.

🌱Ushbu "Onalar bogʻi"da manzarali va mevali daraxt koʻchatlari, gullar ekildi. "Onalar bogʻi" nafaqat ekologik ahamiyatga ega, balki yangi ekilgan daraxtlar va gullar aholi salomatligiga ham foyda keltiradi. Bu loyiha, aholini tabiatni hurmat qilish va uni muhofaza qilishga chorlaydi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|