Chinoz tumani hokimligi
2.37K subscribers
18.8K photos
2.24K videos
22 files
5.02K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#FVB

Chinoz tumani hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida profilaktik ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 iyundagi 388/20-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2024 yil 14 iyundagi 250-sonli farmoyishiga asosan kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish maqsadida fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Chinoz tumani FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining yong‘in xavfsizligi holatlari o‘rganilib, obyektda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, isitish tizimidan gazdan zaharlanish hamda ishchi xodimlarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar 22-sonli maktab va 2-sonli DMTTda olib borilib, unda o‘quvchi yoshlar va ishchi xodimlar bilan profilaktik suhbatlar va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosabat

Chinoz tumani "Gʻayrat" MFYda joylashgan chiqindi tashlash poligonida chiqindilar koʻmilmasdan aholi yashash joylaridan uzoq boʻlmagan masofaga tashlab ketilayotganidan shikoyat qilingan boʻlib bugungi kunda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, Chinoz tumani boʻlimi va Chiqindi poligonlaridan foydalanish direktsiyasi tomonidan Chinoz tumani Gʻayrat MFY hududida joylashgan chiqindi poligonida chiqindilarni surish va koʻmish ishlari amalga oshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidan Qozogʻiston Respublikasiga olib boradigan avtomobil yoʻli, yaʼni "Yallama" bojxona chegara postiga qarab yuriladigan yoʻlning taʼmirtalabligi haqida video material eʼlon qilindi.

Mazkur video materialda koʻtarilgan masala boʻyicha mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Bunda hududni kompleks obodonlashtirish, yoʻlni kengaytirish va yoʻl boʻyi infrastrukturasini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash koʻzda tutilgan.

Ushbu masala yuzasidan oʻrganish ishlari yakuniga yetgach natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM