Chinoz tumani hokimligi
2.28K subscribers
18.3K photos
2.2K videos
22 files
4.89K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
# 9-may "Xotira va qadrlash" kuni
#Chinoz MMTB

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. Insonlarni e'zozlamoq, hayrli ishlarini yodga olmoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.
Toshkent viloyati Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri R.Koygeldiyev tomonidan ko'p yillar davomida o'zining halol mehnati bilan faoliyat yuritgan faxriy ustozlar xonadonlariga borib ularni bayram bilan tabrikladi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab talimi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇
t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_MMTB
#YaNGI_O‘QUV_YILI_OLDIDAN

🟢Joriy yilning 18-avgust kuni Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli umumta’lim maktabida ta’lim muassasasi direktorlari, o‘rinbosarlari hamda psixologlari ishtirokida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🟢 Shuningdek, o’quv seminari davomida tuman hokimi o‘rinbosari N.Qoraboyeva, Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi D.Isakov, Chinoz tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi boshlig'i I.Qosimov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tuman bo‘linmasi rahbari V.Erakayeva, Yoshlar ishlari agentligi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i D.Qodirov belgilangan dastur asosidagi mavzular yuzasidan ma'lumotlar berib o'tdi.
Shuningdek yangi tahrirdagi “Odob-ahloq qoidalari”ni muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.
🟢Seminarda so’z olganlar yangi o‘quv yilida pedagog xodimlarga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tiladi. Shu o‘rinda, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida ta’lim-tarbiya va yoshlar masalalari borasida keltirilgan bandlar haqida fikrlar bildirib, yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida ko‘rsatmalar berdi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇
t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#BU_KUN
#CHINOZ_MMTB

Joriy yilning 2-sentabr kuni 2-sektor rahbari tuman prokurori G'.Abdusalomov va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i v.v.b D.Isakov bilan birgalikda Mustaqilligimizning 32-yiligi munosabati bilan hamda yangi 2023-2024 o'quv yili oldidan 2-sektordagi ijtimoiy- himoyaga muxtoj oila farzandlariga o'quv qurollari topshirildi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali 👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz MMTB
#IT-semenar

Joriy yilning 20 sentabr kuni
Chinoz tumani 13-umumta'lim maktabida maktablarning informatika fani o'qituvchilari uchun "Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi hisoblangan “Coursera” platformasining bepul hamda professional maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olish mavzusida o'quv semenari tashkil etildi.
Semenarda viloyat IT-park mutaxassisi A.Zabihullayev ishtirok etib “Coursera” platformasida qanday ro'yxatdan o'tish maxsus o‘quv kurslari to'g'risida ma'lumot berdi.
Informatika fani o'qituvchilari o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#OLIMPIADA
#Chinoz_MMTB

🔰Asosiy fan olimpiadasining II (tuman va shahar) bosqichiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ- 4306-sonli “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-sonli  ijrosini ta’minlash maqsadida 17-oktyabrdan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining II-bosqichiga start berilgan edi.

Toshkent viloyati Chinoz tumani 13-umumta'lim maktabida Tarix, Geografiya, Qozoq tili fanlaridan jami 383 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.


Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_MMTB
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik
#IT-sertifikatlar topshirildi

🗒🖊Chinoz tumani Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimi M.Maxmudov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi AKT metodisti B.Saidovlar tomonidan bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilishning yangi tizimi bo'yicha seminar tashkil etildi. Semenarda tashkilot rahbarlariga o'zgarishlar bo'yicha to'liq tushuncha berildi.

💻Seminar yakunida Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlariga IТ (axborot-kommunikasiya texnologiyalari) sohasida bilimlarini rivojlantirish, malakasini oshirish bo'yicha sentabr oyida tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bo'yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

👇👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_MMTB
#Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi tasarufidagi maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha Prezident adminstratsiyasi vakili M.Sultonov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Karaboyev, tuman hokimi o'rinbosari T.Tojiboyev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.Isakov tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirdi.


Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_MMTB
#“Ustoz ta'lim bunyodkori” mavzusida o'qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda

Chinoz tumani 9-umumta'lim maktabida ayni vaqtda tumandagi barcha maktablarning "Boshlang'ich ta'lim", "Ona tili va adabiyot", "Tabiy fanlar", "Aniq fanlar" metod birlashma raxbarlar ishtirokida semenar bo'lib o'tmoqda.

📍Yetakchi trener va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur seminarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan keng islohotlar mazmun-mohiyati, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja hamda tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarining samarali joriy etilishiga doir muhim masalalar muhokama etilmoqda.

❗️Shuningdek, maktab darsliklaridagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, ta’lim sifatini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama etilmoqda.

Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_MMTB
"YASHIL MAKON"


🌳Viloyatimizda Prezidentimizning “Yashil makon” tashabbusi doirasida tahsinga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

🌳Viloyat hokimligi tashabbusi doirasida Chinoz tumanidagi 46 ta umumta’lim muassasasiga 5675 tup, 25 ta maktabgacha ta’lim muassasasiga 3100 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari berildi. Ayni kunlarda tumandagi barcha ta’lim muassasaslarida loyiha doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.

📸Suratlarda 10-umumta’lim maktabida barpo etilayotgan “Yashil makon” bog‘i.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Chinoz_MMTB
#Semenar_АКТ

11.01.2024 yil Chinoz tumani MMT bo'limida AKTni joriy etish va raqamlashtirish metodisti B.Saidov tomonidan Nodavlat-maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun Nodavlat-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektron tizimlardan (nodavlat-bog'cha.uz , BBIT.uz) foydalanish bo‘yicha o‘quv semenari o'tkazildi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab