#Faqat_bir_kun
#Chilonzorda
✅2024-yilning 7-may kuni tuman hokimligi tashabbusi bilan #Uch_avlod_uchrashuvi madaniy tadbiri bo’lib o’tadi.
▶️9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan milly va zamonaviy estrada uyg’unligidagi konsert dasturiga barcha tumandoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlarini taklif etamiz.
✅Tadbir G’ofur G’ulom nomidagi istirohat bog’ining yozgi Amfiteatrida soat 17:00 boshlanadi.
🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi

👍1
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Video
#Uch_avlod_uchrashuvi_Chilonzorda
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir
9-may Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi va Chilonzor tumani hokimligi hamkorligida G‘ofur G‘ulom bog‘ida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Yoshlar tarbiyasiga keksa avlod vakillarini jalb etish, bu borada ularning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish maqsadida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili joriy etildi. Uning asosida mahallalarda boy hayot tajribasiga ega bo‘lgan 560 nafar nuroniylarning 5367 nafar yoshlarga biriktirilishi natijasida ko‘plab yoshlar hayotda o‘z yo‘llarini topishga erishdilar.
Shuningdek, tadbirda yurtimiz mustaqilligi yo‘lida kurashgan va jonini qurbon qilgan ajdodlarimizning yorug‘ xotirasi yodga olindi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda elimiz suygan san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari bilan mehmonlarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladilar.
Tadbir so‘ngida hayot tajribalari, erishgan yutuqlari va jamiyatda tutgan o‘rinlari bilan yoshlarga ibrat bo‘la oladigan nuroniylar sovg‘a-salomlar bilan taqdirlandilar.

#Uch_avlod_uchrashuvi
#Xayrobod_mahallasi
Bugun tumanimizning "Xayrobod" mahallasida joylashgan 202-sonli umumta’lim maktabida tuman "Nuroniy" jamg‘armasi boshchiligida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir maktab o‘quvchilari ijrosidagi jonli kuy-qo‘shiqlar xamda go‘zal raqslar bilan boshlandi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar uch avlod uchrashuvlari yoshlarimizning manaviy boyligini boyitish hamda keksa avlod vakillarining ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishdagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalq xofizi Abdullajon G‘ofurov ijrosida konsert namoyish etildi. Tadbir so'ngida "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo'limi tomonidan "Xayrobod" mahallasining faol nuroniylari "Tashakkurnoma"lar bilan taqdirlandi.
🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi

👍3❤1