Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.92K subscribers
49.4K photos
5.44K videos
24 files
8.28K links
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#CHILONZOR_TET

"QATORTOL" MFYDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi
Chilonzor tuman elektr ta’minoti tomonidan istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning 9-mavze «Qatortol» MFYning 22-sonli ko'p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr taminotini yaxshilash bo'yicha yangi kabel tarmogini tortish uchun boshlangan qazish ishlari o'z yakuniga yetkazilib, endilikda uzunligi 100 metrdan ortiq bo'lgan zamonaviy kabel tarmog'i tortilmoqda.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi6 PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#JARAYON
#CHILONZOR_TET

DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan dasturga asosan hozirda poytaxtimizdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va transformator punktlarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida poytaxtdagi uzoq yillar davomida yangilanmagan, foydalanish muddatini o‘tagan va eskirgan elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilinmoqda.

Bugungi kungacha 921 kmdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari – rejaga nisbatan 102 foiz yangidan o‘tkazildi va 220 tadan ortiq transformator punktlari rekonstrukitsya qilindi va yangilandi.

🛠 Chilonzor tuman "Tirsakobod" MFY hududidagi RU-0,4 kVli TP-6042-sonli transformator punktida 1985-yildan buyon foydalanilgan 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi.

🛠 Bu bilan, ushbu mahalladagi 400 nafarga yaqin iste’molchilarni elektr ta`minoti bilan uzluksiz ta'minlash sifati yanada oshadi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#CHILONZOR_TET

⚡️HUDUDLARDA TEZKOR CHIQISH BRIGADALARI TUN-U, KUN ISH FAOLIYATINI OLIB BORISHMOQDA

❄️🛠 Iste'molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, hududlarda tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari tun-u kun ish faoliyatida!

❄️🛠 Jumladan,
Chilonzor tuman elektr ta'minotining tezkor chiqish brigadalari tomonidan tumanning «Katta Chilonzor» MFY hududidagi TP-1486-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi.

❄️🛠 Ma'lumot o‘rnida,
Chilonzor tuman elektr ta'minotiga kelib tushayotgan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, tezkorlik bilan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk