Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.97K subscribers
49.3K photos
5.43K videos
24 files
8.27K links
Download Telegram
Mahallalarni farovonlik va taraqqiyotning “yashil” toifasiga kiritish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizdagi sektorlar, obodonlashtirish korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, idora va boshqarmalar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Chilonzor tumanidagi “Ko’tarma” mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida mazkur mahallani “qizil toifa”dan chiqarishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi taqdim etildi.

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov aholi uchun munosib yashash va dam olish uchun sharoit yaratish, “Avtomobilsiz hovli” konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish, aholi o‘rtasida ishsizlik darajasini pasaytirish zarurligini ta’kidladi.


Aholi zich joylashgan tuman va mahallada, xususan, ko‘p qavatli turar-joy majmualari ko‘pligi, tezkor xizmatlarning kirishi imkoni, bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi boshqa joylardan ko‘ra keskinroq ekanligi alohida aytib o’tildi.

#Chilonzor
#Kotarma