Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.86K subscribers
49.4K photos
5.45K videos
24 files
8.28K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor.
Nazorati ham kuchli‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

CHILONZOR TUMANIDAGI
YER NAZORATI TADBIRLARI

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani bo‘limi inspektorlari 📍 “Beshchinor” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida Qatortol ko‘chasi 42-uyning oldi va orqa tomonida fuqaro tomonidan 536 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 357 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

💬 Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

🫥 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda noqonuniy qurilma sudning hal qiluv qarori asosida majburiy ijro byurosi tomonidan bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #yer_nazorati #dron #Chilonzor
NOQONUNIY QURILMALARNI ANIQLASHDA DRONLAR QO'L KELMOQDA

⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash ishlari kuchaytirilgan tartibda davom etmoqda.

🔴 Jumladan, 📍Chilonzor tumanining “Bekto‘pi”, “Lutfiy” hamda “Tirsakobod” mahallalari hududida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash maqsadida dronlardan foydalanildi.

🫥 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

❗️Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asragan bo‘lasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🌎🌎🌎🌎

NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI O‘Z HOLIGA QAYTARILDI

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍 Jumladan, boshqarmaning Chilonzor tumani bo‘limi inspektorlari nazorat tadbirlarida “Bekto‘pi” MFY, Diydor ko‘chasi 71-uy oldida o‘zboshimchalik bilan egallangan 150 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📃 Holat bo‘yicha qonunchilikka muvofiq fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Yo‘l qo‘ygan xatosining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etib, qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

#Kadastr #yer_nazorati #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM