Genomika va bioinformatika markazi!
171 subscribers
371 photos
20 videos
1 file
71 links
O’zR FA Genomika va bioinformatika markazining rasmiy telegram kanali.

🔗Web sayt: https://uz.genomics.uz/

🔗Facebook: https://www.facebook.com/genomics.uz
Download Telegram
#tashrif

🔰Genomika va bioinformatika markazining ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mirzakamol Ayubov AQSh olimlarining taklifiga binoan ayni paytda Amerika Qo'shma Shtatlarining Mississippi shtati, Starkville shahrida bo'lib turibdi

🔰Kuni kecha u AQSh qishloq xo'jaligi departamentiga qarashli "Crop Science Research laboratory" birlashmasida bo'ldi va u yerdagi olimlar bilan uchrashdi

🔰Ushbu birlashma qariyb 20 yildan beri Genomika va bioinformatika markazi olimlari bilan hamkorlik qilib keladi va o'zbek olimlari bilan qator yutuqlarga erishgan

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL:
@centerofgenomics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

Bugun Tenesse shtatining Memphis shahrida 28 yillik "Milliy G'o'za va Sholi " konferensiyasi o'z ishini boshladi.

Ushbu konferensiyaga AQShning barcha shtatlaridan olimlar va kompaniya vakillari kelishgan

G'o'za va sholi dehqonchiligi, seleksiyasidagi barcha muammolarni hal qilish bo'yicha davra suhbatlari va ma'ruzalari bo'lishi kutilmoqda

Konferensiyada O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi
ilmiy ishlar boyicha direktor o'rinbosari Mirzakamol Ayubov ma'ruza bilan qatnashmoqda

Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL:
@centerofgenomics
#jarayon

📌 Bugun Fanlar akademiyasining majlislar zalida bo'lib o'tgan ilmiy seminarda Genomika va bioinformatika markazi direktori va ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi

🖇️ Mazkur seminar davomida Genomika va bioinformatika markazi, Botanika instituti va Zoologiya institutining ilmiy tadqiqot rejalari tinglandi

Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL:
@centerofgenomics
#bilasizmi

Limonning foydasi ko‘p. Bilamiz. Ammo zararichi?

U ko‘p iste’mol qilinsa, ba’zi zararli ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Limonli suvni muntazam ravishda ichish sitruss mevalaridagi kislota tufayli emal eroziyasi yoki tishlarning parchalanishiga olib kelishi mumkin

Limonli suvning haddan tashqari ko‘pligi yurak urishi, ko‘ngil aynishi, qusish va boshqa gastroezofagial reflyuks belgilariga olib kelishi mumkin

Agar siz limonli suv ichishni yaxshi ko‘rsangiz, po‘stlog‘ini tashqarida qoldirganingiz ma’qul, chunki unda mikroblar va bakteriyalar to‘planishi mumkin

Limonli suv ba’zi mutaxassislar va mashhurlar tomonidan o‘zining foydalari, jumladan, suvsizlanishning oldini olish, ovqat hazm qilishga yordam berish va vazn yo‘qotishni qo‘llab-quvvatlashi bilan mashhur

Aytgancha limonli suvni somoncha orqali ichsangiz tishingizning emaliga unchalik ham zarar qilmaydi

Bizni kuzatishda davom eting:
📢 KANAL:
@centerofgenomics
#TAQDIMOT

2025-yil uchun ilmiy-tadqiqot rejalari taqdimoti o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarining 2025-yil uchun ilmiy-tadqiqot rejalari taqdimoti o‘tkazilmoqda.
Unda vitse-prezident Shahlo Turdikulova raisligida ilmiy-texnik kengash a’zolari, tashkilotlar rahbarlari va ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.
Bu galgi taqdimoqda Botanika, Zoologiya institutlari hamda Genomika va bioinformatika mazkazi rejalari tinglandi va muhokama qilindi.
Taqdimotlarni o‘tkazishdan maqsad mazkur yo‘nalishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, ishni to‘g‘ri va maqsadli tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish.


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube