🇺🇿 5-aprel – Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kuni!⚡️Bugun “Milliy bog‘”da
“Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari va 5000 qadam yurish sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab aytgan nutqida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 4 millionga yaqin xotin-qizlar sog‘lom hayot tarafdori sifatida ushbu yurishlarda ishtirok etmoqda.
🎬 O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xodimlari ham mazkur sog‘lomlashtirish tadbirida faol ishtirok etib, sport kiyimida 5000 qadam yurishni ado etdilar. Tadbir ishtirokchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon qildilar.
#SoglomOila #5Aprel #5000Qadam #MilliyBog #KinematografiyaMarkazi #SoglomHayot