BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14K subscribers
28.2K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#zamonamiz_qahramonlari
✳️O‘QUVCHILARIGA DUNYOGA CHIQISHNI O‘RGATAYOTGAN YOSH MUALLIM

🔹Saidjon maktabda o‘qib yurgan kezlariyoq, o‘qituvchi bo‘lishni, bo‘lganda ham oddiy o‘qituvchi emas, o‘quvchilarini dunyo tan oladigan o‘qituvchi bo‘lishni niyat qildi.

🔹Oliygohni tugatib, Qorako‘l xalqaro matematika maktabiga fizika fani o‘qituvchisi sifatida ish boshlaganida, bu niyatlari qat’iy maqsadga aylangan edi.

🔹Faoliyatining dastlabki yilidayoq, o‘quvchisi Bobur Halimov fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zi esa “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi viloyat g‘olibi bo‘ldi.

🔹Bu yil uning pedagogik faoliyat boshlaganiga 5 yil to‘ladi. Ana shu qisqa fursat ichida Saidjonning o‘quvchilari nufuzli Xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqqiyatli ishtirok etib, ketma-ket g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olishdi.

🔹Yosh muallimdan bu muvaffaqiyatlari siri haqida so‘radik.👇

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-12-07

Telegram |Сайт | Facebook |

#zamonamiz_qahramonlari
❇️MEHNATI MUNOSIB QADR TOPIB, MING DOLLARDAN ORTIQ MAOSH OLAYOTGAN BUXOROLIK ODDIY MAKTAB MUALLIMI

🔹Gʻijduvon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Hoshim Raximov ilg‘or tajribaga ega salohiyatli pedagog sifatida viloyatda o‘z o‘rniga ega.

🔹Qariyb 38 yillik pedagogik faoliyatga ega bo‘lgan fidoyi ustoz hamisha zamon bilan baqamti bo‘lib, o‘z ustida tinimsiz izlanib kelmoqda.

🔹O‘quvchilarining respublika va Xalqaro fan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganligi, uning muallifligida 21 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 30 dan ziyod elektron dars ishlanmalarining yaratilganligi ana shu izlanishlarning samarali mahsulidir.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-01-13-2

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari
❇️TO‘QQIZ YILLIK FAOLIYATI MOBAYNIDA ILGʻOR ISH TAJRIBASI RESPUBLIKADA UCH MAROTABA OMMALASHGAN BUXOROLIK YOSH O‘QITUVCHI

🔹Bugun respublikada mahoratli o‘qituvchi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Kogon shahridagi 5-IDUMning tarix va huquq fani o‘qituvchisi Ramshod Raxmatovning 9 yillik pedagogik faoliyati mobaynida erishgan yutuqlariga ko‘pchilik hamkasblari havas bilan qarashadi.

🔹Shu qisqa davr mobaynida bu izlanuvchan muallimning ilg‘or ish tajribalari respublika miqyosida uch marotoba ommalashtirildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-01-26

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari

❇️"MING DOLLAR MAOSH OLISHNING O‘ZIGA YARASHA MAS’ULIYATI BOR" —Buxorolik oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulmira To‘rayeva

🔹Romitan tumanidagi 12-umumta’lim maktabining oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulmira To‘rayeva 16 yillik pedagogik faoliyati davomida o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, bilimi va pedagogik salohiyatini oshirish yo‘lidagi intilishlari natijasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan va mehnatiga munosib qadr topib, ming dollar maosh olayotgan fidoyi ustozlarimizdan biri.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-01-31

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari
❇️HAM O‘QUVCHILARGA, HAM O‘QITUVCHILARGA USTOZLIK QILAYOTGAN MAHORATLI MUALLIMA

🔹15 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan Kogon tumanidagi 14-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Mahorat Jumayeva o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ilg‘or tajribaga ega ustoz sifatida tuman tayanch maktabida, viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan seminarlarda trenerlik qilib kelmoqda.

🔹2021- yilda u 9-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligi asosida metodik qo‘llanma, O‘quvchi ish daftari va nazorat ishlarini ishlab chiqdi va muallimaning bu tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-03-15

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari

❇️MUALLIM, REPETITOR VA FAN DOKTORLIGIGA NOMZOD

🔹Romitan tumanidagi 3-umumta’lim maktabining oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi Sherali Jalilovni qisqagina qilib ana shunday ta’riflash mumkin. Har uchchala yo‘nalishda ham uning e’tirof etguli yutuqlarga bor.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-03-18

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari
❇️RESPUBLIKA MIQYOSIDA ISH TAJRIBASI OMMALASHGAN MAKTAB MUALLIMI AMIR TEMUR FAOLIYATI XUSUSIDA ILMIY ISH OLIB BORMOQDA

🔹Romitan tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Sardor Kenjayevning pedagogik faoliyatini boshlaganiga endigina 3 yil to‘ldi. Tabiatan juda tirishqoq va izlanuvchan bo‘lgan yosh muallimning ana shu qisqa fursat ichida erishgan natijalari ancha salmoqli.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-04-08

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari

❇️BIZNING GULCHEHRA OPA yoxud UZOQ YILLARDAN BUYON PAST NATIJA KO‘RSATIB KELAYOTGAN “QIZIL” TOIFADAGI MAKTABNI QISQA FURSATDA “YASHIL” TOIFAGA CHIQARA OLGAN TAJRIBALI DIREKTOR

Batafsil👉
https://telegra.ph/buxvxtbuz-04-21-4

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari
❇️MUSIQA MADANIYATI DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN 2 TA O‘QUV QO‘LLANMA VA 3 TA METODIK TAVSIYA YARATGAN MAHORATLI O‘QITUVCHINING ILGʻOR ISH TAJRIBASI RESPUBLIKADA OMMALASHTIRILDI

🔹25 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabining musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishga qaratilgan qator o‘quv qo‘llanma va metodik tavsiyalar muallifi. 2022-yilda uning ilg‘or ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.

🔹Sozanda, bastakor, qo‘shiqchi va raqqosalik mahoratiga ega bo‘lgan ushbu muallima rahbarligida maktabda “Yosh yulduzchalar” folklor jamoasi, “Marvarid” raqs dastasi va “Sehrli cholg‘ular” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur jamoa va to‘garak a’zolari viloyat hamda respublika tanlovlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-05-30

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari

❇️ODDIY MAKTABDAN JAHON MAYDONIGA YO‘L OCHAYOTGAN YOSH MUALLIM

🔹27 yoshli Doniyor Hamroyevning o‘qituvchilik faoliyatini boshlaganiga endigina 5 yil bo‘lib qoldi. Ammo bu navqiron muallim shu qisqa fursat ichida nafaqat o‘zi faoliyat olib borayotgan Olot tumanidagi 10-umumta’lim maktabi jamoasi, balki viloyat, respublikada o‘z hamkasblari orasida mahoratli o‘qituvchi sifatida tanilib ulgurdi.

🔹O‘quvchilik kezlari matematika fanidan viloyat, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etib kelgan Doniyor bugun salohiyatli ustoz sifatida o‘z o‘quvchilarini ana shu marralarning yuqori cho‘qqilariga olib chiqishga intilyapti.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-09-26

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#zamonamiz_qahramonlari
#илғор_тажриба
❇️“O‘QUVCHI UCHUN ENG YAXSHI SABOQ – IBRATDIR”

🔹Shofirkon tumanidagi 34-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Umida Atoyeva o‘zining pedagogik faoliyatida ana shu jihatga alohida ahamiyat qaratadi.

🔹O‘quvchilarini muvaffaqiyatga erishishlari uchun avvalo o‘zi shu marralarni egallashga urinadi. Ularga o‘z ustida tinimsiz izlanish, tirishqoqlik va talabchanlik – barcha yutuqlarning kaliti ekanligini qayta-qayta uqtiradi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-10-24-2

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari

❇️ODDIY MAKTABDAN JAHON MAYDONIGA YO‘L OCHAYOTGAN YOSH MUALLIM

🔹27 yoshli Doniyor Hamroyevning o‘qituvchilik faoliyatini boshlaganiga endigina 5 yil bo‘lib qoldi. Ammo bu navqiron muallim shu qisqa fursat ichida nafaqat o‘zi faoliyat olib borayotgan Olot tumanidagi 10-umumta’lim maktabi jamoasi, balki viloyat, respublikada o‘z hamkasblari orasida mahoratli o‘qituvchi sifatida tanilib ulgurdi.

🔹O‘quvchilik kezlari matematika fanidan viloyat, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etib kelgan Doniyor bugun salohiyatli ustoz sifatida o‘z o‘quvchilarini ana shu marralarning yuqori cho‘qqilariga olib chiqishga intilyapti.


Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari
❇️Mahoratli kimyo fani o‘qituvchisi Amin Saidov qo‘lida saboq olib kelayotgan o‘quvchilar har yili respublika va Xalqaro fan olimpiadalarida yuksak natijalarni qayd etib kelishmoqda.

🔹2020-yilda Firdavs Sobirov 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida va 52-Xalqaro Kimyo olimpiadasida bronza medallarini, 2021-yil bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida oltin, 53-Xalqaro Kimyo olimpiadasida bronza medallarini kiritdi.

🔹Bu yutuqlarda alohida xizmatlari singgan Amin Saidov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni va “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

🔹2022-yilda yana bir o‘quvchisi Daler Raximov “Al-Xorazmiy” olimpiadasining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

🔹 “O‘qituvchilar olimpiadasi” ning respublika bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgani - mahoratli ustozning 2023-yildagi dastlabki yutug'i bo'ldi.

Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari
❇️“O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI” – ORZUIMNI RO‘YOBGA CHIQARDI

🔹O‘quvchilari har yili fan olimpiadalarining viloyat, respublika bosqichlarida munosib ko‘rsatkichlarni qayd etib kelishayotgan ayni bir paytda Buxoro shahridagi 35-IDUMning biologiya fani o‘qituvchisi Mirjalol Ahmedov joriy yilda bo‘lib o‘tgan “O‘qituvchilar olimpiadasi"ning respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹“O‘quvchilik paytlarimda doim fan olimpiadasining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lishni orzu qilganman. "Oqituvchilar olimpiadasi" ana shu orzularimni ro‘yobga chiqardi” deydi u.

🔹O‘ziga xos mahorat egasi bo‘lgan oliy toifali bu pedagog 2022-yilda umumta’lim fanini bilish darajasini belgilovchi imtihonda yuqori ball bilan Milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi ustamasiga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#zamonamiz_qahramonlari
❇️“O‘QITISH – IKKI KARRA KO‘PROQ O‘QISHNI TALAB ETADI”
- deydi Kogon tumanidagi 18-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Gʻolib Samadov

🔹-O‘qituvchilikka ilk qiziqishim oiladan - onamga bo‘lgan havasdan boshlangan. Ilk faoliyatimni boshlagach, bu kasbning naqadar mashaqqatli va mas’uliyatli ekanligini chuqur his qilganman. Oradan 11 yil o‘tib, ana shu mashaqqatni chin yurakdan ado etgan inson bu kasbda sharaf topishini angladim.

🔹O‘z yo‘nalishida o‘tkazilgan bir nechta tanlovlarning viloyat hamda respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan bu izlanuvchan yosh muallimning o‘ziga xos ilg‘or ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilgan. Ayni paytda u oliy malaka toifasiga ega. Shuningdek, chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro IELTS va Milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvxtbuz-01-16

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#zamonamiz_qahramonlari
❇️ZAMON BILAN HAMQADAM MUALLIMA

🔹Buxoro shahridagi 29-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Fayzulloyeva ko‘p yillik tajribaga ega oliy toifali pedagog.

🔹-O‘qituvchilikning asosiy talabi – o‘z kasbini va o‘quvchilarini sevgan holda zamon bilan hamqadam bo‘lib fidoyilik ko‘rsatishdir,-deydi muallima. -Shundagina o‘z kasbingda hurmat va e’tibor qozona olasan, shundagina ta’lim sifatini oshirishdek maqsadni amalga oshirishda munosib ulushing bo‘ladi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvxtbuz-01-30

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari

❇️Jondor tumanidagi 1-umumta’lim maktabining tajribali o‘qituvchisi Saltanat To‘xtamishova 26 yildirki, o‘quvchilarga ona tili va adabiyoti fanidan saboq berib kelmoqda.

🔹Uning mahorat va ilg‘or tajriba uyg‘unligidagi saboqlarini olib kelayotgan o‘quvchilari yili fan olimpiadalari va turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.

🔹Uning ilg‘or ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilgan. 2020- yilda muallima “Nutqimizda so‘zlar jilosi” respublika tanlovida 1-, 2022-yilda “Ma’rifatli jamiyat – uchinchi renessans bunyodkori” esselar tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Sohadagi fidoyiligi tufayli “Xalq ta’limi a’lochisi” va “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#zamonamiz_qahramonlari
O‘ZBEKISTON – IMKONIYATLAR YURTI

-deydi yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbi ortidan hurmat-e’tibor qozongan va 16 million so‘mdan oshiq maosh olayotgan Shofirkon tumanidagi 54-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Sardor Jo‘rayev.

-Ko‘plar yaxshi yashash va pul topish uchun xorijda o‘qishni, ishlashni afzal bilishadi. Ammo, men bunday fikrdan tamoman yiroqdaman,-deydi u. - Axir har qadamda seni qo‘llab-quvvatlab turgan, imkoniyatlaringni yuzaga chiqarish, orzu-maqsadlaringni amalga oshirishing uchun barcha imkoniyatlar eshigini ochib bergan Ona Vataning turganda, oldingdan oqqan suvni qadrlamay turib, o‘zga yurtlarda sarson kezinganing to‘g‘ri bo‘larmikan?

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-08-29

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM