BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.3K photos
2.51K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Ustozlar_ijodidan
❇️MUSTAQILLIK DARSI


Qalbi qaynoq, bolajonim,

Yuragingda nelar bordir?

Kuz shamoli og‘ritmasin,

Bugun maktab bir bahordir.


Bolalaging kechar bunda,

Partalarda qolar umr.

Vatan bilan kamol topib,

Ilm olmoq qanday huzur.


Sen - o‘quvchim, yuragimni -

Kunni tunga ulagayman.

Ko‘zingdagi shodliklarni,

Ma’rifat-la bezagayman.


Yurting kutar marralarni,

Mag‘rur baland olishingni.

Quvonaman, yutuqlardan

Doim masrur bo‘lishingni.


Sen Xorazmiy avlodisan,

Sen Ulug‘bek avlodisan.

Buxoriylar sochgan nursan,

Ko‘rsam, baxtli bo‘lishingni.


Yuragingda Vatan so‘zin,

Asrab qo‘ygin, bolajonim!

Ergashtirgin, butun xalqni,

Yo‘lboshchi bo‘l, bolajonim!


Beruniylar boshlab bergan,

Yo‘l seniki, o‘g‘il-qizim.

Sen hurlikning farzandisan,

Yurt seniki, Tong yulduzim!


Ilmlarning kaliti bu -

Kitob bilan dildosh bo‘lgin.

Qalbingga nur beradi u,

Kitob bilan yo‘ldosh bo‘lgin!


Navoiylar boshlagan yo‘l,

Bo‘sh qolmasin, bolajonim!

Ibn Sino izlagan qalb,

Tosh bo‘lmasin, bolajonim!


Bu hayotning darslarini,

O‘qi, o‘rgan kam bo‘lmaysan!

Avloniylar orzu qilgan,

Avlod axir, sen bo‘lgaysan!


Ustozlarning ilmlarin,

Qalbingga tik, ey o‘quvchim!

Ma’rifatning ziyosi shu,

Maktab erur, bil, o‘quvchim!


Agar rozi qilsang xalqing,

Tinchlik shudir, farzim mening.

Mustaqil yurt farzandiga -

Mustaqillik darsim mening.


Madina BAXSHILLOYEVA,
Romitan tumanidagi 23-IDUM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchis
i
#Bilimlar_kuni
#Shofirkon

❇️Shofirkon tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🔹21-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir, ushbu muassasada “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida tuman hokimi Alisher Fayzilloyev ishtirok etib, o‘quvchilarni va ularning ustozlarini “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

🔹Shundan so‘ng «Mustaqillik darslari» boshlanib, ularda o‘quvchilarga istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida so‘zlab berildi.

🔹Maktabga ilk qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Bilimlar_kuni
#Ғиждувон

🔹Gʻijduvon 67 ta umumta’lim va iqtisoslashgan maktablar mavjud bo‘lib, yangi - 2024-2025-o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinflariga jami 5100 nafardan ortiq o‘quvchilar qabul qilindi.

🔹Bugun barcha maktablarda “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz shiori” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilib, 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

🔹Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov Gʻijduvon tuman hokimi Sherzod Ashurov hamrohligida 67-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |