BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.9K subscribers
36.4K photos
3.29K videos
182 files
14.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#qurilish_bunyodkorlik

✳️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov  Buxoro shahrida investisiya dasturi asosida yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan qator ijtimoiy soha ob’yektlarida o‘rganishlar olib bordi.

🔹Xususan,  shahardagi 10- va 76- maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

🔹1972- yilda barpo etilgan 240-o‘rinli  10-MTTda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹76-MTTning 210 o‘rinli binosi o‘tgan yilda qurib foydalanishga topshirilgan edi.

🔹Hududda ko‘p qavatli uylar sonining ortib borishi va urbanizatsiyaning jadallashgani tufayli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bo‘lgan talab ham oshib borayotganini inobatga olib, bog‘chaga qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurishga kirishilgan.

🔹Botir Zaripov jarayonlar bilan tanishib, qurilishni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

🔹Shuningdek, viloyat rahbari tashkilotdagi ta’lim-tarbiya va mashg‘ulot jarayonlari bilan ham tanishdi.
#Сўраган_эдингиз
#Sertifikatlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qoʻshma qarori izoh qismi 2-bandida majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladigan sertifikatlar roʻyxati belgilangan. Bunda faqat til bilish sertifikatlari qabul qilinadimi?

Mazkur imtiyoz qarorning 3-bobida keltirilgan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimiga mos keladigan xorijiy til bilish sertifikatlari uchun amal qiladi.

Matematika boʻyicha SAT (Digital Scholastic Assessment Test) sertifikatini topshirishda yoshning ahamiyati bormi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Collegeboard xalqaro tashkiloti o‘rtasida olib borilgan hamkorlik natijasida joriy yildan boshlab matematika bo'yicha SAT sertifikatini topshirishdagi yoshga doir cheklov bekor qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
#Эътироф

Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 5 ta medalni Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari qo'lga kiritdi

26-31-iyul kunlari 🇮🇳Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musoboqasida o‘quvchilarimiz tomonidan 🥈 1 ta kumush, 🥉 4 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

🥈Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani IMI, 7-sinf o'quvchisi;
🥉Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Qorako‘l tumani IMI, 8-sinf o'quvchisi;
🥉Rasulov Muhammadali Fayyoz o'g'li - Qorako‘l tumani IMI, 8-sinf o'quvchisi;
🥉Sattorov Abbos Zafar o'g'li- Qorako‘l tumani IMI, 7-sinf o'quvchisi;
🥉Mardonov Muhammadshoh Mirshod o'g'li - Qorako‘l tumani IMI, 6-sinf o'quvchisi;
Ushbu yutuqlar bilan o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
👍4
📣 Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish istagidagi pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlariga pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar tomonidan murojaatlar yuborish davom etmoqda.

❗️Murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: mazkur sinovlarda joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda sinovlardan oʻta olmagan stajor-oʻqituvchilar ham qatnashishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⭕️⭕️⭕️❗️

📣Hurmatli ota-onalar!

1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1-avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi


Avval xabar berilganidek, my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun bo’sh o’rinlar bo’yicha ariza topshirishingiz mumkin.

Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

👉 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

——-

Уважаемые родители!

Прием заявок в 1-ый классы школ, расположенных вне микроучастка начинается завтра — 1 августа с 11:00.

Как мы сообщали ранее, через платформу my.maktab.uz вы можете подать заявку в школы со свободными местами, расположенные за пределами микроучастка.

☝️После принятия заявлений в порядке их подачи и в соответствии с установленным графиком приема, процесс приема будет автоматически приостановлен.

После того, как ребенок зачисляется в школу за пределами микроучастка, его ранее поданное заявление в школу в районе микроучастка автоматически передается в основную школу.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону ☎️71 203-07-04.
👍2