BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
4.06K subscribers
27.1K photos
2.5K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi

Bugun — 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars coatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 730 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Umumta’lim maktbalarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun aytish lozimki, umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” bilan boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bilimlar_kuni
#Jondor

❇️Jondor tumanida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil qilindi.

🔹Tuman hokimi Jamshid Xudoev hamda sektor rahbarlari ushbu tadbirlarga qatnashdilar hamda ta’lim dargohiga ilk qadam qo‘ygan 3 ming 221 nafar 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdilar.

🔹O‘quv yilining dastlabki soatlari “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida Mustaqillik darsi va Ma’naviyat soatlari bilan boshlandi.

Telegram | Facebook |
❇️BUXORO VILOYATIDAGI BARCHA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “SALOM BOGʻCHA!”TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

🔹Bugun, 4-sentabr kuni viloyatimizdagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Salom bog‘cha” tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi.

🔹Mustaqilligimizning 32 yillik sanasi uyg‘unligida bayromana tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari keng jalb etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.

🔹Shuningdek, "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar ham tashkil etilmoqda.

⚡️Ma’lumot uchun: Ayni paytda viloyatda 1912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularga 125 675 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan. Bu maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 82,2 foizini tashkil etadi.

Telegram | Facebook |
#Bilimlar_kuni
#мактабга_эътибор_келажакка_эътибор

🔹Viloyatimizda mavjud 547 ta umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida viloyat sektor rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari faol ishtirok etdilar.

🔹“Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbirlarining yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda yaqindan ko‘maklashib, o‘quvchilarga va maktab jamoalariga qo‘shimcha motivatsiya bergan barcha rahbarlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |