BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
24.9K subscribers
32.7K photos
2.99K videos
177 files
13.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Fotoreportaj

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
❇️KOGON TUMANIDAGI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA 28 NAFAR YOSH MUTAXASSIS ISHGA QABUL QILINDI

🔹 Kogon tuman hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 12-umumta’lim maktabida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹Yarmarka jarayonida pedagogika yo‘nalishida oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan 50 nafarga yaqin yosh mutaxassislar ishga joylashish istagini bildirib murojaat qilishdi.

🔹Ularning 28 nafari shu kunning o‘zidayoq tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Najot – bilimda” ko‘rsatuvida:

❇️IMKONIYAT BOR JOYDA – ISTE’DODLAR YUZAGA CHIQADI

🔹Yangi o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga qulay-shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
#INFOGRAFIKA
🔹 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Buxoro viloyatida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔹Ayni paytda Investisiya dasturi asosida viloyatdagi 13 ta umumta’lim maktablari va 7 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yilgi 1-bosqichida 124 ta ta’lim muassasasida 100,4 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

🔹Viloyat mahalliy byudjetidan qo‘shimcha ravishda ajratilgan 1 mlrd. 449 mln. so‘m mablag‘lar hisobiga 26 ta ta’lim muassasiga ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladigan qozonlar sotib olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
⚡️ Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

“Maqsadlarga intilish” testi,
“Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi,
“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
“Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
“O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi,
“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
“O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
“Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

🔰 “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

✔️“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

❗️Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram