BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.12K subscribers
26.6K photos
2.46K videos
111 files
11.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Forwarded from BUXORO YOSHLARI
Bugun Qorako‘l tumani hokimligi binosida «Yoshlar festivali» doirasida yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, ularning bandligini taminlash, shuningdek, maktab bitiruvchilariga oltin, kumush medallarini tantanali topshirishga qaratilgan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Qorako‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 53 ta umumta’lim maktablarining 2574 nafar o‘quvchilari 11-sinfni bitirishdi. Ulardan 79 nafari oltin, 20 nafari esa kumush medalga munosib deb topildilar.

Tuman rahbari tomonidan yoshlar tomonidan hozirgi vaqtda eng zarur ish ilm- ma’rifat bilan shug‘ullanish, kasb egallash, oliy ta’lim muasasasi talabasi bo‘lish uchun chindan harakat qilish kerakligi ta’kidlandi.

#yoshlar_festivali #1-kun #Qorako'l

Safimizga qo'shiling👉@YIABuxoro_viloyat_boshqarmasi
#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda.

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

- “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
- “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
- “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

- “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
- “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
- Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
- “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
- “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram