BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🟢Tizimdagi moliya-buxgalteriya xodimlari uchun iqtisodiy o‘quvlar davom etmoqda

▶️Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan markazlashgan moliya-buxgalteriya guruhi xodimlari uchun iqtisodiy yo‘nalishda onlayn o‘quvlar tashkil etilmoqda.


🔄O‘quv mashg‘ulotlari har hafta ZOOM platformasi orqali o‘tkazilib, amaliyotga yo‘naltirilgan, dolzarb mavzularni qamrab olmoqda.

📌Navbatdagi o‘quv jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan:”Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quv jarayoni davomida moliya-iqtisod xodimlariga ushbu Nizom asosida mablag‘larni samarali rejalashtirish, sarflash va hisobot yuritish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🟡Bunday o‘quvlar tizimda moliyaviy intizomni mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from BUXORO YOSHLARI
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 2025-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Tanlov nizomi 👉havola

Kitoblar ro‘yxati
👉havola

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 👉
@yoshkitobxon_bot

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Дўппи_челленжи
🌈Milliylik- g‘ururimiz

🌈Oʻzbek xalqining qadimiy madaniyatidan darak beruvchi, nafosat va san’at bilan uyg‘unlashgan milliy bosh kiyimi hisoblangan doʻppi oʻzining naqshlari, bezaklari va ranglarida har bir mintaqaning madaniy o‘ziga xosligini aks ettiradi.

🟥Do‘ppi —bu faxr, bu o‘zlik, bu millatimizning ko‘zgusi, bizning o‘zligimiz, urf-odatimiz va xalq ruhiyatining bir boʻlagidir.
Shu munosabat bilan viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Doʻppi kuni" oʻtkazildi.


🔄Oʻquvchilar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, san’atga mehr va vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan "Do‘ppi kuni” o‘quvchilar uchun nafaqat estetik zavq ulashdi, balki ularni o‘z tarixini bilishga, qadriyatlarini e’zozlashga undadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📍Когон туманида ижтимоий соҳа объектлари ўрганилмоқда

Бухоро вилояти ҳокими ўринбосари Бахтиёр Адилов бошчилигидаги ишчи гуруҳ томонидан Когон туманидаги ижтимоий соҳа объектлари фаолияти ўрганилмоқда.

Ташриф доирасида Когон туман спорт мактабига қарашли спорт курашлари залидаги шарт-шароитлар, спортчиларга яратилган имкониятлар ва машғулотлар жараёни билан танишилди. Хусусан, "Зарбдор 90 кунлик" лойиҳаси доирасида амалга оширилаётган ишлар, спорт зали инфратузилмаси ҳамда спорт мактаби фаолияти атрофлича ўрганилди.

Мазкур ташриф спорт соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар самарадорлигини ошириш, ёш спортчиларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва мавжуд муаммоларни жойида бартараф этиш мақсадида ташкил этилмоқда.
4
#Dolzarb_90_kun
🟢 BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” NAVBATDAGI FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

🤩“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salmog‘ini oshirish hamda mahalliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan navbatdagi “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.


🟡Mazkur olimpiada bir bosqichli (tuman, shahar bosqichi shaklida)bo’lib, 8-10-sinf o‘quvchilari orasida haftaning har payshanba kuni jadval asosida 12 ta fan yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 17-iyul kuni «Hokim sovrini uchun» olimpiadasi fizika fani yo’nalishida bo’lib o’tdi.

🔄Olimpiada viloyatning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda bayramona tarzda tashkil etilib, unda jami 1186 nafar o‘quvchi jalb etildi.

🔄Belgilangan talablar asosida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar orasidan jami 120 nafar g‘oliblar aniqlanib, mahalliy hokimliklar tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

📍Eslatma: «Hokim sovrini uchun» fan olimpiadasi 14 avgustga qadar haftaning har payshanba kuni o‘tkazib boriladi.

Fotolavhalarda Qorako‘l va Vobkent tumanida bo‘lib o‘tgan jarayonlar aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM