BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
33.2K subscribers
29.7K photos
2.73K videos
150 files
12.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI QOROVULBOZOR TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH O‘TKAZDI


🔹Yig‘ilishda ta’lim muassasalaridagi holat atroflicha tahlil qilindi. Xususan, o‘quv jarayonining sifati, tarbiyaviy ishlar, moddiy-texnika bazaning holati, o‘qituvchi va tarbiyachilarning malakasi kabi masalalar muhokama qilindi. Ayrim maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hali ham kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

🔹Boshqarma boshlig‘i kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga qat’iy ogohlantirish berdi. Ayniqsa, o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlari, tarbiyachilarning mas’uliyati va intizomiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Ta’lim muassasalaridagi tartib-intizomni ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, korrupsiya va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

🔹Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi yuklatildi va o’z vazifasini bajarishda mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygan bir qator mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo’llanildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Ayni_paytda
#Бошқарма_бошлиғи__ҳудудларда

❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI KOGON SHAHRIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI O‘RGANISHDA DAVOM ETMOQDA

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Kogon shahridagi 2-, 4-,16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 5-IDUMda bo‘ldi.

🔹Mazkur ta’lim muassalarida olib borilayotgan o‘quv-tarbiya jarayoni, ta’lim sifati, pedagoglar salohiyati, o‘quvchilar davomati va tarbiyalanuvchilar qamrovi, shuningdek, sog‘lom ovqatlantirish, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook