BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#tanlov

“Turon maktab teatri” tanloviga xususiy maktablar ham jalb etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Turon maktab teatri” respublika tanlovi yangi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik masʼullari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Eltoyeva, aktyor va soʻz ustasi Valijon Shamsiyev, rejissor Ilhom Boʻriboyevlar ishtirok etdi.

📍Taʼkidlanganidek, tanlovning joriy yilgi mavsumida ishtirokchilarni koʻplab yangiliklar kutmoqda. Jumladan, tanlovni tashkil etish davomida:

umumtaʼlim maktablaridagi “Turon maktab teatri” toʻgaragi aʼzolari uchun oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish;

ishtirokchi jamoalarga 6-10 sinf oʻquvchilarini jalb etish va 2 ta shart asosida oʻtkazish;

xususiy maktablar ishtirokini ham taʼminlash;

faol ishtirok etgan jamoalar uchun ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda.


👉 Eslatib oʻtamiz: tanlovning yangi mavsumiga 2025-yil mart oyida start beriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#видеоқўлланма
#tanlov

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanloviga ariza topshirishga doir videoqoʻllanma

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan maktab jamoalari ooo.uzedu.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib oʻrnatilgan tartibda ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz: tanlovda mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari (xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar bundan mustasno) ingliz, nemis, fransuz tillari boʻyicha qatnashishi mumkin.

📍 Maʼlumot uchun: tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 15-yanvar (shu kuni ham)iga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant  bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:


🔰 Rus tili fani dotsenti


TALABLAR:

Tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent yoki katta ilmiy xodim unvoniga yoki fan doktori (nomzodi) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot;

Mehnat staji kamida 3 yil shundan, kamida 2 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;

Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallikhisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

🔰 Tegishli fanlar bo'yicha kafedra o`qituvchisi lavozimiga bo'sh vakant o'rinlar:


🔹 Maktabgacha tarbiya o‘qituvchisi
🔹 Pedagogika o‘qituvchisi
🔹O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
🔹Ingliz tili fani o‘qituvchisi
🔹Kimyo fani o‘qituvchisi
🔹Geografiya fani o‘qituvchisi
🔹Matematika fani o‘qituvchisi
🔹Informatika fani o‘qituvchisi
🔹 Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi
🔹Texnologiya fani o‘qituvchisi

🔹Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak rahbarlari (pedagog)
🔹Umumta'lim maktab kutubxona rahbar va xodimlari mutaxassisi (pedagog)


TALABLAR:

Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lishi;

Mehnat staji kamida 2 yil shundan, kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;

Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

🔰Markazning tegishli vakant lavozimlari:

🔹Fanlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
🔹Maktabgacha ta’lim boʻyicha metodist


TALABLAR:

Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika fanlari yo‘nalishi) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar;

Kamida 3 yil (shundan kamida 1 yil ta'lim sohasida soha yo'nalishi bo'yicha ishlagan bo'lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari;

Kompyuter savodxonligiga  ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmlariga ega bo'lishi talab etiladi.

Talabgor nomzodlar o`z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT
manzili orqali topshirishi mumkin:


Qabul muddati: 17.01.2025-17.02.2025

Murojaat uchun: (91) 447-28-51

(91) 447-67-30

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#Tanlov
❇️KICHIK MUTUFAKKIR” TANLOVINING KOGON SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

🔹Yosh avlodni milliy adabiyotimiz va tariximizga qiziqtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning hayoti,

🔹 ijodi va ularning asarlaridagi asosiy g‘oyalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan “Kichik mutafakkirlar” tanlov Kogon shahar bosqichida shahardagi barcha umumta’lim maktablari jamoalari ishtirok etdilar.

🔹Ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida ikki buyuk daho ijodi va faoliyatini ne chog‘li bilishlarini namoyish etdilar.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoa aniqlanib, jamoaga keyingi bosqichga yo‘llanma berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
#tanlov
#Ijod_yoshlari
#23_fevral_15_mart

📣📣📣📣📣

📝 "IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
tuman (shahar) bosqichi – joriy yilning mart oyida;
viloyat bosqichi – joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadi.

❗️“Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor oʻquvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.


🟢Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf oʻquvchilari navbatdagi oʻquv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

🟢Shuningdek, 1-, 2-, 3-oʻrinlarga sazovor boʻlgan 4-, 5-sinf oʻquvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 23-fevralidan 15-martiga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar: 161, 164.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Tanlov

📢Diqqat, tanlov!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov joriy yilning mart–may oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi:

tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
Respublika bosqichi – may oyida.

Ko'rik-tanlov g‘oliblari:

🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlovda ishtirokchilar 2 shart asosida — blits savol-javoblar hamda taqdimot asosida kuch sinashishadi.


❗️ BU MUHIM!

Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
👍61
#Tanlov

❇️O‘quvchilarning ingliz tilidagi savodxonligini sinovdan o‘tkazish, ularni til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Jondor tumanidagi 11-umumta’lim maktabida 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilida "Knowledge is power" deb nomlangan tanlov tashkil etildi.


🔹Tanlovda 11 ta jamoa ishtirok etib, berilgan 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdi.

🔹Tanlov natijalariga ko‘ra, 9-"B" sinfining "Brilliants" guruhi 56 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 8-"B" sinfining "Legends" guruhi 53 ball bilan 2-, 6-"A" sinfining "Achiyevers" guruhi 50 ball bilan 3-o‘rinni egalladi.

🔹Tanlov so‘ngida g‘oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍10
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

📚❇️"ERTAKCHI BOLAJON" ONLINE TANLOV

💠 "KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI" LOYIHASI DOIRASIDA "ERTAKCHI BOLAJON" online tanlovini e'lon qiladi.

🗓Tanlov 2025-yil 22-24-mart kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📌Tanlov ishtirokchilari o'zlari o'qigan ertakni ovozli shaklda https//t.iss.one/Ziyosh2014 adminga yuborishlari so'raladi.

👉Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing.

📚Tanlov @buxorovbkuz kanalida o'tkaziladi

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|Web site|
👍2
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

📚"ERTAKCHI BOLAJON" TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI

👯‍♂️1-4-sinflar toifasida quyidagi tanlov ishtirokchilari g'olib deb topildi

1-sinflar kesimida
1️⃣-órin Zayniddinova Madinabonu, Kogon tumani 9-maktab o'quvchisi;
2️⃣-órin Nurmatova Nilufar Kogon tuman 3 -maktab o'quvchisi;
3️⃣-órin Jóraqulova Bahora, Kogon shahar 2 -maktab o'quvchisi;
3️⃣- órin Zamirova Xonzodabegim, Qorovulbozor tumani o'quvchisi;
3️⃣-órin Ergasheva Dilsora, Shofirkon tumani 38-IDUM o'quvchisi

2-sinflar kesimida
1️⃣-órin Baxromova Zahro , Qorovulbozor tuman 1 -maktab;
2️⃣-órin Choriqulova Nozima, Qorakól tumani 1 -maktab o'quvchisi;
3️⃣- órin Samadova Mehrnoz,, Qaravulbozor tumani 1 -maktab o'quvchisi
3️⃣- órin Rajabboyeva Dilnura, Shofirkon tumani 38 -IDUM

3-sinflar kesimida
1️⃣-órin Boboqulov Shoxrux, Jondor tumani 21-maktab o'quvchisi;
2️⃣-órin Safarova Shaxrizoda, Shofirkon tumani 52 -maktab o'quvchisi
2️⃣- órin Baxodirova Dilnura, Qorako'l tumani 1 -maktab o'quvchisi
3️⃣- órin Hamidova Dilnoza, Kogon tumani 3-maktab o'quvchisi
3️⃣- órin Ashrapova Dilnura, Shofirkon tumani 52-maktab o'quvchisi

4-sinflar kesimida
1️⃣-órin G'ulomova Husnora, Kogon tumani 3-maktab o'quvchisi
2️⃣-órin Rustamova Mohinur, Kogon tumani 1-maktab o'quvchisi
2️⃣- órin Ixtiyorova Manzila , Qorovulbozor tumani 2-maktab o'quvchisi
3️⃣- órin Ramazonova Parizoda Jondor tumani 10-maktab o'quvchisi
3️⃣- órin Hikmatullayeva Parvina, Kogon tumani 3-maktab o'quvchisi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍17
#Tanlov_natijalari

Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining hududiy bosqichi natijalari e'lon qilindi

✈️ Mazkur bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichida qatnashadi va xorijga ta'lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

📊 Ma'lumot o'rnida: tanlovda jami 39 775 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

Shundan 38 270 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 875 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 630 nafar o‘quvchi fransuz tilidan ishtirok etishdi.


Hududiy bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoalar bilan tanishing:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani 55-AFCHO‘SM;
Andijon shahri 13-maktab;
Buxoro tumani 1- maktab;
Jizzax shahri 22-maktab;
Koson tumani 9- maktab;
Zarafshon tumani 3- maktab;
Yangiqo‘rg‘on tumani 10-maktab;
Toyloq tumani 21-maktab;
Shirin shahri 2- maktab;
Denov tumani 74-maktab;
Yuqori Chirchiq tumani 34-maktab;
Qo‘qon shahri 32-maktab;
Urganch shahri 15-maktab;
Toshkent shahri, Olmazor tumani 196-maktab.

🌐 2- va 3-o’rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
👍31
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

📚❇️"ERTAKCHI BOLAJON" ONLINE TANLOV

💠 "DOLZARB 90 KUNLIK" LOYIHASI DOIRASIDA  "ERTAKCHI BOLAJON" online tanlovini e'lon qiladi.

🗓Tanlov 2025-yil 12-13-iyun kunlari  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📌Tanlov ishtirokchilari o'zlari o'qigan ertakni ovozli shaklda https//t.iss.one/Ziyosh2014 adminga yuborishlari so'raladi.

📚Tanlov  https://t.iss.one/buxorovbk kanalida o'tkaziladi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
2
#Tanlov
#Ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

FAN OLIMPIADALARI SOHASIGA QIZIQQAN MALAKALI KADRLAR DIQQATIGA!

⚡️ Fan olimpiadalari markazi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ochiq tanlov e'lon qiladi.

Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar:

Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr yoki ilmiy daraja tanlovda ustunlik beradi);
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish (rasmiy sertifikatga ega bo‘lishi tanlovda ustunlik beradi);
Ta’lim sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi;
Kompyuter savodxonligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
Dasturlash yoki IT sohasidagi bilimlar — ustuvor afzallik sifatida baholanadi.

Sizni quyidagilar kutmoqda:
➡️Professional va ahil jamoa;
➡️Kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun qulay muhit;
➡️Xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari.

🧠Agar siz yangilikka ochiq, kreativ fikrlaydigan va doimiy o‘z ustida ishlashga intiladigan mutaxassis bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan SIZ uchun!

📨Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlardan o‘z rezyumelarini @FOM_vakansiya_bot orqali yuborish so‘raladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

📚❇️"Mening kitobim mening dunyoqarashim"  mavzusida ONLINE taqriz ko'rik- tanlovi

💠Viloyat Bolalar kutubxonasi "DOLZARB 90 KUNLIK" LOYIHASI DOIRASIDA  "Mening kitobim mening dunyoqarashim" online taqriz ko'rik- tanlovini e'lon qiladi.

🗓Tanlov 2025-yil 12-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📚Tanlov  https://t.iss.one/yosh_ijodkorlar_klubi_vbk kanalida o'tkaziladi
Tanlov faqat bir kun davom etadi
Eng mazmunli va ma'noli taqriz yozgan ishtirokchi tanlov g'olibi hisoblanadi

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|Web site|