BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.3K subscribers
37.3K photos
3.34K videos
264 files
14.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxorolik iqtidorli dasturchi o’quvchilar taqdirlandi

Buxoro viloyatidagi yoshlarning vaqtini unumli va qiziqarli oʻtkazish, dasturlashga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Buxoro shahridagi 7-IDUMda koʻtarinki ruhda dasturlash hakatoni oʻtkazildi.

Mazkur tadbir B2Broker xalqaro moliya kompaniyasining malakali va tajribali dasturchisi Emilian Yerofeyevskiy tomonidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy sho'basi hamkorligida tashkil etildi.

Hakaton ishtirokchilari 8 soat davomida Python, PHP, Javascript dasturlash tillari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda oʻzlarining web-ilovalarini ishlab chiqib, tadbir tashkilotchilariga namoyish etishdi.

Natijalarga ko’ra 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan yosh dasturchilar hakaton homiysi Emilian Yerofeyevskiy tomonidan munosib taqdirlandilar.

Telegram | Facebook |
👍1
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 3-12-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 3-avgust sanasidan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
👍3
#Ayni_paytda
#seminar_trening
#ikkinchi_kun

🔹“MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR - YUQORI NATIJALAR”

Buxoro viloyat Pedagogik mahorat markazida Singapur tajribasi asosida maktab rahbarlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish, ilg‘or tajribalar bilan  tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treninglar davom etmoqda.

Seminarning ikkinchi kunida “Mening maktabim uchun XXI asr natijalarini aniqlash”, “O‘zgarishlarning murakkabligi. O‘zgarishlar – og‘riqli! Inqiroz o‘zgarishlar uchun turtki sifatida”, “Pandemiya o‘zgarishlari haqida fikr yuritish”, “O‘zgarishlarni boshqarish: ko‘p o‘lchovli kompleks konstruksiya”, “Individual va guruhda fikrlash. Jamoaviy muhokama”, “O‘zgarishlar bo‘yicha liderlik tushunchasi. Strategik liderlikning tub mohiyati: tezkorlik yoki muhim”,“Shaxsga yo‘naltirilgan liderlik” mavzularida mahorat darslari o‘tilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
👍1
#Press_tur

“Prezident sovgʻalari” oʻz egalari tomon yoʻl oldi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga beriladigan "Prezident sovgʻalari" ni hududlarga joʻnatish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar targʻibotiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.

“Taʼminot va logistika xizmati” korxonasi hududidan boshlangan tadbirda vazirlik mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari, pedagoglar ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, 2024-2025-oʻquv yilida respublikadagi mavjud 10 182 ta umumtaʼlim maktabiga 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar 586 290 nafar (81,5%) oʻquvchi qabul qilindi.


1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” berilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu oʻquv qurollari joriy yilning 10-avgustiga qadar hududlarga, 20-avgustiga qadar qabul qilingan oʻquvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga toʻliq yetkaziladi.

📍 Tadbir ishtirokchilari press-tur davomida Toshkent shahridagi 126-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda 204-sonli DMTT faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1690

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1