BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.4K subscribers
37.1K photos
3.33K videos
226 files
14.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Fransiya

Fransuz tili ustozlarining amaliyoti davom etmoqda

Darslar Frankafoniya markazida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda darslarda ishtirok etishmoqda.

Unda ustozlarimiz tomonidan taqdimotlar ham tashkil qilinib, mavzu yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglanmoqda.

Bundan tashqari, dastur ishtirokchilari uchun Fransiyaning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab sayohatlar ham tashkil etildi.
________
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda bu loyihada 120 nafar fransuz tili ustozi qamrab olindi. Keyingi yilda esa 300 nafarga yaqin ustozlarning jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍3
#kunlik_statistika

1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami qabul qilingan bolalar - 525 377 nafar (2024-yilning 16-iyul holatiga).

Jumladan:
➡️ An’anaviy tarzda - 476 402 ta;
➡️ Onlayn tarzda - 48 975 ta.

✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.

#ежедневная_статистика

Общее
количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 525 377 (по состоянию на 16 июля 2024 года).

В том числе:
➡️ Традицонно - 476 402;
➡️ В онлайн режиме - 48 975.

✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍
mymaktab_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида иқтисодий ўсиш суръатларини таъминлаш юзасидан биринчи ярим йилликда амалга оширилган ишлар ва келгуси вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Таҳлиллар кўрсатишича, 2024 йилнинг биринчи олти ойида ялпи ички маҳсулот 6,4 фоизга кўпайди, саноат – 7,8 фоизга, қурилиш – 10,1 фоизга, хизматлар – 12,9 фоизга, қишлоқ хўжалиги – 3,8 фоизга ўсди.

Бюджет даромадлари ҳам 113 триллион сўмга етиб, 14 фоизга ўсди.

Умуман, йил бошидан буён республикада яратилган қўшилган қиймат 567,4 триллион сўмга етди. Бу – ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 94 триллион сўмга кўп.

Facebook|Instagram|X
“Яшил” энергетикадаги ислоҳотлар натижасида ҳозиргача ишга тушган 2,4 гигаваттли 10 та қуёш ва шамол электр станциялари ҳисобига биринчи ярим йилликда 1,6 миллиард киловатт “яшил" энергия олинди.

Бу ярим миллиард куб метр газни тежаш имконини берди.

Шу йилнинг ўзида маҳаллаларни обод қилиш, боғча, мактаб, тиббиёт, йўл, сув, электр каби инфратузилмани яхшилаш учун бюджетдан 31,5 триллион сўм ажратилди. Бунга яна 1,5 триллион сўм ажратилиши белгиланди.

Йил бошидан 18 минг 600 та янги хонадон қурилиб, фойдаланишга топширилди.

Ўтган олти ойда 26 мингта оилага 7 триллион сўмга яқин ипотека кредити ажратилди. Улар бўйича бошланғич тўлов ва фоизни қоплаш учун 545 миллиард сўм субсидия берилди.

Facebook|Instagram|X
#Ёз_ўтмоқда_соз

🌈Bolajonlarning yoz mavsumini sevimli ta’lim maskanlarida maroqli va mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

🌼💦Jumladan, Romitan tumanidagi 6-maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lomlashtirish oyligi doirasida "Suv bayrami" tashkil etildi.

💦☀️Tadbir davomida bolajonlar ishtirokida turli viktorina o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazildi. Quvnoq kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog‘chada yana bola kaltaklandi(mi?)" sarlavhasi ostida Buxoro shahridagi 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisiga tarbiyachi tomonidan urib, jarohat yetkazilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tezkor o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar jarayonida kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilganda, tarbiyalanuvchi ehtiyotsizligi tufayli yuvinish xonasi eshigiga urilib ketib, bosh qismi jarohatlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍11
#imtihon_2024

PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Сўраган_эдингиз

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar  farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?

Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilab yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara sharnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Nima uchun mikrohududdagi maktabga joylashtirishda ustuvorlik belgilangan?

Qonun hujjatlariga muvofiq, maktab ta’limi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim olish majburiy. Shu bilan birga ta’lim oluvchilarning yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish huquqi kafolatlangan.

Shu bois birinchi navbatda mikrohudud doirasida qabul jarayonlari amalga oshirilishiga ustuvorlik beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Peshku tumanidagi 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti gaz ta ta’minotiga ega bo‘lmaganligi sababli tarbiyalanuvchilarga o‘choqda ovqat pishirilayotganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qilamiz. Tumanda jami 44 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 15 tasi tabiiy gaz va 29 tasi elektr energiyasi orqali isitiladi va oshxona faoliyati olib boriladi.

Joriy yilning 18-iyul kuni gaz quvurini ta’mirlash maqsadida soat 13:00 dan 17:00 gacha tumandagi Chiqirchi, Navbahor va Yangibozor mahallalariga, jumladan ushbu hududagi MTTlarga ham tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan keyin gaz ta’minotidagi uzulishlar qayta tiklangan.

Peshku tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
👍3