BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.3K subscribers
37.2K photos
3.33K videos
244 files
14.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Эълон

Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihoni tashkil etilmoqda.

Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar boʻlib oʻtadi:

📍Fargʻona shahrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan talabgorlar ustozlar uchun 21-23-iyun kunlari,
📍Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari,
📍Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari;
📍Buxoro shahrida Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlaridan talabgor ustozlar uchun 2-4-iyul kunlari;
📍Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Darvoqe, bunda oʻqituvchilarimiz “Goethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz!

Imtihonlar manzili va vaqti

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farrux QURBONOV:

✳️BUYUK AJDODLARGA MUNOSIB AVLODLAR ULGʻAYMOQDA BU YURTDA!

🔹Buxoroning Sharifligi xususida so‘z borganida, eng avvalo bu yurt azal-azaldan ilmu urfon go‘shasi, dunyo taraqqiyoti tamadduniga poydevor qo‘ygan buyuk allomalar, olimu fuzalolarga beshik bo‘lganligi tilga olinadi. Biz haqli ravishda ana shunday muqaddas zamin farzandi va unda kamol topgan buyuk bobokalonlar avlodi ekanligimizdan faxrlanamiz.

🔹Hech ikkilanmay ayta olamanki, bugun yoshlarimiz chuqur ilm olishga, dunyo maydonlarida munosiblarning munosiblari, buyuklarning avlodlari ekanliklarini namoyon etishga astoydil intilyaptilar.

Birgina 2024- yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatimiz o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi.


Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-06-21-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Уважаемые родители!

📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.

💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.

💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
✳️Buxorolik o'quvchilar “ICT4Girls” qizlar olimpiadasi g'oliblari qatorida

🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DM tomonidan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Amity universiteti va Uzum bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari va akademik litseylarda tahsil olayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida sport dasturlash bo‘yicha “ICT4Girls” O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasi tashkil etildi.

🔹Toshkent shahridagi Amity universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadaning respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz g‘olib deb topilib, munosib taqdirlandi.

Quvonarlisi, g'oliblar qatorida viloyatimiz vakillari:

Kogon tumanidagi 12-maktabning 11-sinf o'quvchisi Zarnigor Raximova,
Buxoro shahridagi 2-son IMIning 8-sinf o'quvchisi Gulchiroy Raxmatullayeva,
Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Parvina Nurulloyevalar ham bor.


💥G'oliblik muborak!


Telegram | Facebook |
👍4
⚡️Hurmatli ota-onalar!

👩🏻‍🏫Biz 2024-2025-o‘quv yili uchun maktabimizdagi korreksion-inklyuziv sinfga qabul jarayonlarini boshladik.

Bu yerda imkoniyati cheklangan bolajonlarning sog‘lom tengdoshlari qatorida ta’lim-tarbiya olishlari va o‘zlarini erkin his etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🏢Agar siz farzandingizni zamonaviy maktabda, har tomonlama mukammal va qulay muhitda ta'lim-tarbiya olishini xohlasangiz, unda ushbu maktab aynan siz uchun!

📣Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:
📞+998 90 745 18 18

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
🌈MAFTUNKOR RANGLAR OLAMI🌈

Joriy yilning 22-iyun kuni viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida O'zbekiston nogironlar jamiyati Buxoro viloyat bo'limi bilan hamkorlikda "Maftunkor ranglar olami"  ko'rik-tanlovi hamda shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Tanlovda Buxoro viloyatining barcha tuman(shahar)laridan 24 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etib o'zaro bellashishdi.

Ko'rik-tanlov g'oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Ushbu tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan  yoshlarning orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda munosib taqdirlashdir.
👍1