BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
28.1K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
#xushxabar
#attestatsiya_2024

Pedagog kadrlar ATTESTATSIYASIGA oid muhim xushxabar

Kasb standarti boʻyicha maxsus @kasb_standartibot ishga tushirildi.

Xabaringiz bor , ATTESTATSIYADA 5 ta savol( 10 ball ) KASB STANDARTI bo'yicha tushadi

Endilikda siz @kasb_standartibot orqali tushish ehtimoli juda yuqori bo'lgan va diagnostika sinovlarida tushgan testlarni mutlaqo bepul yechish imkoniyatiga egasiz.

Tezda kiring botda sizni testlar kutmoqda

Botning afzalliklari:

👉 kasb standarti bo'yicha yagona bot
👉 har kuni bitta variant yuklanadi
👉 mutlaqo BEPUL
👉 testlarni yechish orqali attestatsiyada 10 ballni qo'lga kiritasiz
👉 botga yuklangan testlar tahlili @kasb_standarti kanalida berib boriladi

Bot manzili:@kasb_standartibot

@kasb_standartibot
@kasb_standarti
#Xushxabar
❇️Buxorolik o‘quvchilar “BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi g‘olibi bo‘lishdi

🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

🔹Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a’zolari tomonidan:
etnografik folklor yo‘nalishidagi ashula va raqslar,
maqom va baxshichilik,
xalq laparlari ijro etildi.
🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra, viloyatimiz hamda Xorazm viloyati jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

💥Gʻalaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
✳️BUXOROLIK O'QUVCHILAR XALQARO TANLOV G'OLIBI BO'LISHDI

🔹 Buxoro  shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining “Milliy raqs” to’garagi a’zolaridan tarkib topgan “Firuza” raqs ansambli jamoasi Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tayotgan "ISSIQKO‘L DO‘STLARNI YIG‘MOQDA - 2024"  XIV Xalqaro etnokarnavalida ishtirok etib, 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

💥G'oliblik muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK 10 YOSHLI SHAXMATCHI JAHON CHEMPIONATIDA KUMUSH MEDALINI QO‘LGA KIRITDI

🔹2024-yilning 1-8 avgust kunlari poytaxtimizdagi "Internasional Hotel Toshkent" mehmonxonasida sportning shaxmat turi bo‘yicha rapid va blits yo‘nalishida 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo'lib o'tdi.

🔹Mazkur nufuzli chempionatda Buxoro viloyat shaxmat terma jamoasi a’zosi, Buxoro shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 4- sinf o‘quvchisi Malika Norqulova ham munosib ishtirok etib, Blits yo‘nalishida 11 yoshgacha qiz bolalar orasida 9 turdan 8 ochko jamg‘argan holda kumush medali sohibasiga aylandi.

⚡️Gʻalaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

❇️Joriy yilning 18-yanvar kuni Andijon viloyatida bo’lib o’tayotga 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʼquvchilari oʼrtasida shaxmat boʻyicha Oʼzbekiston chempionatining standart bahslari yetdi.

🔸Yakuniy natijalariga koʼra:, Buxoro shahridagi 34-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Malika Norkulova 11 yoshgacha qiz bolalar oʼrtasida kechgan bahslarda oltin medalga qo’lga kiritdi.

🔹Shuningdek,23-IDUMning 1-sinf oʻquvchisi Jahongir Nasimov 9 yoshgacha oʻgʻil bolalar oʼrtasida bronza medaliga ega bo’ldi.

G’alaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |