BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
13.7K subscribers
28.3K photos
2.6K videos
132 files
12.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#uzbekiston24

✳️Maktab ta`limi: o`quvchilarga xorijiy til va kasb-hunar o`rgatilmoqda


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

☝️Natijalarni aniqlash tartibini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

🖥 Buning uchun nomzod pedagog https://my.uzbmb.uz/result havolasiga kirishi va so‘ralgan quyidagi ma’lumotlarni namunada ko‘rsatilganidek tizimga ketma-ket kiritishi lozim:

nomzodning pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriya va raqami);

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);

so‘ralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


❗️Mazkur ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq kiritilgandan so‘ng, nomzodning test natijalari ma’lum qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
4-martdagi PQ-113-son qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichini 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kogon tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan avtohalokat tafsilotlariga doir axborot

2024-yilning 18-mart kuni tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi drama teatriga borayotgan chog‘ida avtobuslardan biri yo‘l transport hodisasiga uchragan hamda bir o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.

Avtohalokat natijasida jarohatlangan o‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas'ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 million 300 ming so‘m evaziga 20 millionlik daromadli kasbga ega boʼling!

hh.uz sayti maʼlumotlariga koʻra, maʼlumotlar tahlilchisi (Data Analytics) yoʻnalishidagi mutaxassis uchun oʻrtacha oylik 20 millionni tashkil etuvchi 44 ta boʻsh ish oʻrni bor.

Courserada esa mazkur vakansiyaga mos kursni 6 oylik obuna narxi bilan 1 million 300 ming so‘m evaziga o’qib o’rganishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Rasmiy munosabat

Joriy yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda “Taomnomani hokimlar tuzmoqdami? Aqlvoy kitobini ko‘rmagan hamshira” sarlavhali ostida videolavha e’lon qilindi. Unda “Тaftish.uz” internet nashri tomonidan Peshku tumanidagi 3-, 17- hamda 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganilganida, bir qator kamchiliklar kuzatilganligi keltirib o‘tilgan.
Mazkur surishtiruv davomida aniqlangan barcha kamchiliklar tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tezkorlik bilan barataraf etilib, o‘z vazifasini bajarishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 3- va 17- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirlari hamda 27- maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasiga nisbatan nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
⚡️Diqqat e’lon!

🔹Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi tashabbusi bilan 2024-yil 23-aprelda “Effective ways of organizing Learner Centered Classes in English language classroom” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Anjumanda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til fani o‘qituvchilarining ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-19

Murojaat uchun telegram manzil👉[email protected] , [email protected]


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#bayonot
❇️Vazir o‘rinbosari Kogon tumanida ro‘y bergan avtohalokatdan jabrlangan o‘quvchilar bilan uchrashdi

🔹 Joriy yilning 18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan baxtsiz hodisa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratida ekanligini ma’lum qilamiz.

Bugun vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev mazkur holatni o‘rganish hamda voqea ishtirokchilari bilan uchrashish maqsadida Buxoro viloyatiga keldi.

🔹Dastlab viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida ayni paytda shifoxonada tibbiy nazoratda bo‘lib turgan o‘quvchilar holidan xabar oldi. Ularning ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlashib, ko‘ngil so‘radi.

❗️ Shundan so‘ng Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan maktabda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati va maktabning pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.

Muloqot davomida baxtsiz hodisa va uni yuzaga keltirgan sabablar keng muhokama qilindi hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik, o‘quvchilar taqdiriga befarqlik kechirib bo‘lmas xato ekanligi ta’kidlandi.

👉 Ma’lumot uchun: Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar mas’ullarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

Avtohalokat ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga psixologlar biriktirilgan bo‘lib, ularning ruhiy holati nazorat ostiga olingan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍 Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn,
Raqamli dizayn,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn.

Onlayn yo'nalishlar:
Python,
Sun'iy intellekt (AI),
Frontend (React.js),
Web dizayn,
Back-end (.Net),
Back-end (Go),
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi
❇️TARBIYACHILAR O‘ZARO BELLASHDILAR

🌱Navro‘z bayrami munosabati bilan Romitan tumanidagi 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida “BALLI QIZLAR” tanlovi tashkil etildi.

🍀Tanlov jarayonida ishtirokchilar 5ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bellashuv davomida ularning har tomonlama faol, bilimli, izlanuvchan, fidoiy ekanlliklari namoyon bo‘ldi.

☘️Bayramona ruhda qizg‘in bellashuvlar ostida kechgan tanlov yakunida har bir ishtirokchi alohida nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |