#xushxabar
❇️JASMINA RESPUBLIKA ONLAYN TANLOVINING GʻOLIBI BO‘LDI
🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida "KITOB BILAN BIR KUN" shiori ostida onlayn tanlovi e’lon qilingan edi.
🔰O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur tanlovda Kogon shahridagi 10-IDUmning 8-sinf o‘quvchisi Jasmina Ro‘ziyeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🔰Maktabda tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rinbosari Nozima Xoliqova va viloyat bolalar kutubxonasi mas’ullari tomonidan Jasminaga vazirlikning diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
🔰Shuningdek, Jasminaning yutug‘ida alohida o‘rni bo‘lgan ota-onasi va adabiyot o‘qituvchisi Gulnoza Davlatovaga tashakkurnomalar topshirildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

👍4❤1
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI
✅Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
🧑🏻💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!
⚡️Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.
📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

#maxsus_talim
❇️FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR
🔹Avval xabar berganimizdek, Buxoroda Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
🔹Mazkur olimpiadada 36 nafar 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, matematika, ona tili va adabiyot, tarix hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔹Bugun, Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu olimpiada g‘oliblari diplom hamda pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandilar.
🔹Taqdirlash marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rinbosari Hidoyat Jumayeva ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi va respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilarga omad tiladi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR
🔹Avval xabar berganimizdek, Buxoroda Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
🔹Mazkur olimpiadada 36 nafar 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, matematika, ona tili va adabiyot, tarix hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔹Bugun, Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu olimpiada g‘oliblari diplom hamda pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandilar.
🔹Taqdirlash marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rinbosari Hidoyat Jumayeva ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi va respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilarga omad tiladi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👏2
#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI MATEMATIKA FANI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN QIZLAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA GʻOLIBLAR QATORIDAN JOY OLDI
🔹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fani olimpiasida buxorolik o‘quvchilar ham faol ishtirok etdilar.
🔹Eng quvonarlisi, mazkur olimpiadaning respublika bosqichida viloyatimiz vakili -Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi Nastarin Kamolova faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🔹Bugun, 6-mart kuni poytaxtimiz Toshkentda olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👍7