BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.9K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ўқувчи_ўсмирлар_ҳаёти
#мутахассис_тавсияси

O‘smir farzandingiz xulq-atvorida keskinlik va muammolar yuzaga kelganda, nimalar qilishi kerak?

Muammoli vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar nima?

Ota-onalar o‘smir farzandining xarakterida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?

Xalqona tilda aytganda, o‘smirlikning “o‘tish davri” hisoblanadigan ushbu murakkab davrda ota-onalar farzandlari bilan do‘st bo‘lishlari uchun nimalar qilishi kerak?


❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Tashxis markazi metodisti Gulbahor Yusupova tomonidan bildirilgan ushbu tavsiyalar orqali aynan shu savollarga batafsil javob berilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish mavzusida brifing bo’lib o’tdi.
____________
Brifing OAVda yoritildi:

UzReport
AOKA
Rasmiy xabarlar
“O’zbekiston” telekanali


❗️ Ommalashtirishga oid barcha savollaringizni Ommalashtirishuzbot orqali yo'llashingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹"Adolat ko‘zgusi“ gazetasining 22 fevral sonida "Botqoqqa botgan ta’lim maskani” sarlavhali maqola e’lon qilinib, unda Shofirkon tumanidagi 1-maktab direktorining ish faoliyati tanqid qilinadi.

🔹Mazkur murojaatda keltirilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ayni paytda Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹O‘rganish natijalari asosida bu borada batafsil ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#amaliy_uslubiy_seminar
❇️Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari faoliyatida yuz berayotgan muammolar va ularning optimal yechimlari

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro innovatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan amaliy-uslubiy seminar ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

🔹Seminarda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 200 nafarga yaqin psixologlar qamrab olindi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-23

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍9
❇️Buxoroda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔹Kogon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tayotgan mazkur olimpiadada matematika, informatika va science fanlari bo‘yicha jami 416 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔹Ma’lumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari, shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga 2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Эълон
#Prezident_sovrini

📣 Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda

Joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz bo'ylab "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi

Ma'lumot o'rnida: tanlovda ishtirok etish hozirga qadar 6442 ta maktab ro‘yxatga olingan.


❗️Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.

⚡️Bundan tashqari, tanlovning tuman bosqichida:

🥇
1-o'rinni egallagan maktab jamoasi 100 million,
🥈
2-o'rinni egallagan maktab jamoasi 75 million,
🥉
3-o'rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofotini qo'lga kiritadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1