BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.9K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Yangi_yil

❇️Viloyatimizning barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Buxoro shahridagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham Yangi yil bayrami tantanali tarzda nishonlanmoqda.

🔹Bayram munosabati bilan tashkil etilgan badiiy-musiqiy dastur, ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi sahnalashtirilgan tomoshalar tarbiyalanuvchilarga olam-olam quvonch, zavq-shavq baxsh etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#jarayon
❇️BUXORODAGI 28 TA MAKTABDA CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH IMTIHONLARI BO’LIB O’TMOQDA

🔹Аввал хабар берганимиздек, Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy samara berganligi tufayli mazkur baholash tizimini umumta’lim maktablarida ham joriy etish belgilangan edi.

🔹2023-2024-o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi 28 ta umumta’lim maktabida ham yangicha tartibdagi baholash tizimini tajriba-sinov sifatida joriy etish yo’lga qo’yildi.

🔹Bugun, 26-dekabr kuni viloyatdagi barcha tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablarda choraklik summativ baholash (ChSB) imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

🔹Ushbu jarayonga 17 143 nafar 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
✳️BUXOROGA “PREZIDENT SOVGʻALARI” YETIB KELDI

🔹 Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga atalgan “Prezident sovg‘alari” Buxoro viloyatiga yetib keldi.

🔹538 nafar bolaga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

🔹Shuningdek, 12 yoshdan katta tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlangan sovg‘alar tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

🔹Sovg‘alar joriy yilning 29- dekabr kunlari viloyatimizda bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali tarzda topshirilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook |
👍7