BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#jarayon
❇️BUXORO VILOYATINING BARCHA HUDUDLARIDA “USTOZ TA’LIM BUNYODKORI” SHIORI OSTIDA O‘QITUVCHILAR QURULTOYI BO‘LIB O‘TDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvlar va uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan.

🔹Bugun Buxoro viloyatining ham barcha shahar va tumanlarida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-11-07

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#таътилда
❇️IQTIDORLI O‘QUVCHILAR SAMARQAND SHAHRIDA SAYOHATDA BO‘LISHDI

🔹O‘quv yili davomida o‘quvchilarga beriladigan ta’til yangi izlanish, o‘qib o‘rganish va parvozlar oldidan ruhlantiruvchi madaniy hordiq, mazmunli sayru sayohatdir.

🔹O‘quvchilarning kuzgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Buxoro shahridagi umumta’lim maktablarining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

🔹 Sayohat davomida “ro‘yi zaminning sayqali” deya ta’riflanadigan betakror Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy obidalari, jumladan, “Registon” ansambli, “Go‘ri Amir” maqbarasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan qadamjo ziyorat qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fan_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
❇️10-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA KECHGAN SINOVLAR GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha 10-sinflar o‘rtasida kechgan sinovlarning g‘oliblari aniqlandi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#yashil_makon
❇️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA MEVALI VA MANZARALI DARAXT KO‘CHATLARI TARQATILMOQDA

🌳Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari ham faol ishtirok etmoqda.

☘️Ayni paytda loyiha doirasida maktabgacha ta’lim muassasalariga mevali va manzarali daraxt ko’chatlari tarqatilmoqda.

🌱Birgina Vobkent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3650 tup manzarali va mevali daraxtlar yetkazib berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |