BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
28.1K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
JAMOATCHILIK NAZORATI UCHUN HAMKORLIKKA CHAQIRAMIZ

Joriy yilning 4-10-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi o'tkaziladi.

Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida har bir hudud bo'yicha OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.

Maqsadimiz, iqtidorli yoshlar o'rtasida tashkil qilinayotgan fan olimpiadalarini yuqori saviyada, adolatli o'tkazish, g'olib o'quvchilarni rag'batlantirishdan hamda xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashdan iborat.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
⚠️ISHGA OCHIQ TANLOV!

📣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

✔️Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining 6 ta ilmiy bo'limlari uchun vakant lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi.

➡️ Boshlang‘ich ta’lim va filologiya fanlarini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri lavozimining malaka talablari;

➡️ Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va kasbga yo‘naltirish metodikalarini takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri lavozimining malaka talablari;

➡️ Aniq va amaliy fanlarni o‘qitish metodikalarini takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri lavozimining malaka talablari;

➡️ Tabiiy va iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikalarini takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri lavozimining malaka talablari;

➡️ Ta’lim sifatini baholash va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri lavozimining malaka talablari;

➡️ Хalqaro baholash tadqiqotlarini o`tkazish va natijalarini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot bo`limi mudiri lavozimining malaka talablari;


⚠️Shoshiling, arizalar 01.11.2023-yil gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

➡️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

➡️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
#jarayon
❇️BUXORODAGI 28 TA MAKTABDA CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH IMTIHONLARI BO’LIB O’TDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy samara berganligi tufayli mazkur baholash tizimini umumta’lim maktablarida ham joriy etish belgilangan edi.

🔹2023-2024- o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi 28 ta umumta’lim maktabida ham yangicha tartibdagi baholash tizimini tajriba-sinov sifatida joriy etish yo’lga qo’yildi.

🔹Bugun, 1-noyabr kuni viloyatdagi barcha tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablarda choraklik summativ baholash (ChSB) imtihonlari bo’lib o’tdi.

🔹ChSB savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta'lim maktablarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Najot_bilimga

❇️QOROVULBOZOR TUMANIDAGI 1-MAKTABNING 7 NAFAR O‘QITUVCHISI 1000 AQSH DOLLARI MIQDORIDA MAOSH OLMOQDA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
“Bizga maktab kerak”

Kuni kecha Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida shu nomli spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.

Zamon Avloniysi deya ta’rif berilgan O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mehnat shuxrati» ordenlari sohibi, «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayevning hayotiga bag‘ishlangan mazkur spektaklga marhum ustozning oila a’zolari, shogirdlari, “Qorako‘l maktabi” sobiq bitiruvchilari, ta’lim sohasi xodimlari hamda OAV vakillari tashrif buyurdi.

Davomiy olqishlar bilan qarshi olingan mazkur sahna asarida millat kelajagi bilan bog‘liq dolzarb mavzuga qo‘l urilgan bo‘lib, ustozning ilm yo'lida bosib o‘tgan mashshaqatli yo‘li aks etgan. To‘xtamurod Jumayev o‘z orzusidagi maktabni yaratish uchun qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirgani, maktabning bugungi kunga kelib erishgan yutuqlari tomoshabinlarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

Muallifi Qo‘chqor Norqobil, rejissyor Dilmurod Xaqberdiyev, musiqa Oydin Abdullayevalar tomonidan yaratilgan mazkur sahna asari To‘xtamurod Jumayevning xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, real voqealar asosida sahnalashtirilgan.

Spektakl premerasi 3-noyabr kuniga qadar davom etadi. Teatr ijodkorlari barcha ta’lim sohasi xodimlarini mazkur spektakl namoyishiga taklif qiladi.

Fursatdan foydalanib, teatr jamoasiga ta’limning mashshaqatli yo‘liga bag‘ishlab yaratilgan sahna asari uchun minnatdorlik bildiramiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida men ham qatnashsam bo‘ladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.

❗️Bunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining ona tili va adabiyot fanidan olgan sertifikati ona tili va o‘qish savodxonligi soatlari uchun amal qiladi.

Ushbu qarorda Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan beriladigan Milliy Sertifikatlar uchun ustama to‘lashning eng kam miqdori sifatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 60 ball belgilab qo‘yilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣DIQQAT, YANGILIK!

🔥"Tong yulduzi" gazetasiga obuna uyushtirishda faol bo‘ling va tahririyat tomonidan pul mukofoti sohibiga aylaning!
"Tong yulduzi"ning bir donasi 10.000 so‘m, bir yilda 52 dona chop etiladi. Gazetaning bir yillik narxi – 520 ming so‘m.

Har bir uyushtirilgan obuna narxining 10% ini gonorar sifatida beramiz. Mukofotga ega bo‘lish uchun uyushtirilgan obunaning eng kam miqdori — 100 dona.
📌100 dona "Tong yulduzi" obunasi uchun — 5 200 000 so‘m;
📌200 taga — 10 400 000 so‘m;
📌500 taga — 26 000 000 so‘m;
📌1000 ta bo‘lsa — 52 000 000 so‘m beramiz.

Murojaat uchun:
(+998 71) 244-63-08;
(+998 64) 650-15-32;
(+998 94) 610-23-31;
(+998 94) 612-97-76

Narxlar tahririyat tomonidan belgilangan. Yetkazib berish xizmati narxi tahririyat tomonidan belgilanmaydi.
Fikr bildiring, sizning fikringiz biz uchun muhim!👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova