BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
28.1K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
❇️BUXORO “TA’LIM VA KASB – 2023” XXIV XALQARO KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Bugun, 20-oktyabr kuni Buxoro shahridagi Yoshlar Markazida “Ta’lim va Kasb – 2023” XXIV Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazmada Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya va AQSHning 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda.

🔹Tadbirda viloyatimiz umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ham ishtirok etib, universitet mutasaddilaridan individual maslahatlar olib, o‘zlariga mos yo‘nalishlarni tanlash, o‘qishga kirish, ta’lim sifati va talabalar hayoti haqida kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Press_tur
#Angren

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Angren shahridagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida “Toshkent viloyati tajribasi” mavzusida press-tur bo’lib o’tmoqda.

Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarmalar matbuot kotiblari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

📍Press tur doirasidagi birinchi manzil Angren shahar 39-maktab bo’ldi.

 
⚡️Ma’lumot uchun: bugungi kunda mazkur maktabda 30 xil turdagi kasb-hunar o’rgatilmoqda.

Maktab o’quvchilari darsdan bo’sh vaqtlarida buyurtma asosida mahalliy va tashqi bozor uchun mahsulotlar tayyorlab berishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM