BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.11K subscribers
26.6K photos
2.45K videos
111 files
11.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
⚡️ Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

“Maqsadlarga intilish” testi,
“Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi,
“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
“Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
“O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi,
“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
“O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
“Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

🔰 “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

✔️“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

❗️Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Shofirkon
❇️Mehnat yarmarkasida 76 nafar yosh pedagog umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilindi

🔹Shofirkon tumani hokimligi va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 38-maktabda tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi pedagogika yo‘nalishida oliygohlar bitiruvchilarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash va umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirish maqsadiga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

🔹Tadbirda 76 nafar bitiruvchi talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish istagini bildirib, murojaat qilishdi.

🔹Aytish joizki, murojaat bilan kelgan bitiruvchilarning barchasi mehnat yarmarkasi jarayonida o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Jondor
❇️MAKTABLARDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA 104 NAFAR YOSH MUTAXASSIS ISHGA QABUL QILINDI

🔹Jondor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va tuman aholi bandligiga komaklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi mehnat yarmarkasida tumandagi ta’lim muassasalari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

🔹Yarmarkada 128 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishida ishga joylashish istagini bildirib murojaat qilishdi.

🔹Tadbir davomida 104 nafar yosh mutaxassislar yo‘llanma asosida umumta’lim maktablariga ishga qabul qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgoh

⚡️25-30-avgust kunlari eng kutilgan Inklyuziv "Raqamli avlod IT oromgohi" bo'lib o'tadi🎊

Oromgohda:

1. Digital art;
2. Grafik dizayn;
3. Media;
4. No coding;
5. Startap
6. Robototexnika yo'nalishlari oflayn tartibda;
             ➖️        ➖️         ➖️
🔹️sun'iy intellekt
🔹️.Net
🔹️Python
🔹️ReactJs
🔹️ Web design yo'nalishlari bo'yicha darslar esa, onlayn bo'lib o'tadi🔥

‼️Eng faol ishtirokchilarni esa, sertifikat va qimmatbaho sovg'alar kutmoqda...

📍Ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz

O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#tejamkor_energiya

🔹️Jondor tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hamda 9 ta umumta’lim maktablariga turli quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, 12 ta umumta’lim maktablariga 5 Kvt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

🔹️Shuningdek, barcha umumta’lim maktablariga 100 litrlik hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 200 litrlik quyosh suv isitgichlari o‘rnatilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |