BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
16.4K subscribers
37.1K photos
3.32K videos
225 files
14.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BUXORODAGI 6 TA DAVLAT IXTISOSLASHGAN UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA ROBOTOTEXNIKA QURILMALARI YETKAZIB BERILDI

🔹Ta’lim sohasida robototexnika qo‘llansa, bolalar atroflicha fikrlash, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganishi oson kechadi, aniq fanlar bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Buxoro shahridagi 4-, Peshko‘ tumanidagi 1-, Olot tumanidagi 1-, Vobkent tumanidagi 40-, Qorako‘l tumanidagi 15- va Gʻijduvon tumanidagi 45-IDUMlarning har biriga 2 to‘plamdan iborat robototexnika qurilmalari yetkazib berildi.

🔹Endilikda ushbu muassasalarda robototexnika to‘garaklarini tashkil etish orqali fizika, matematika, informatika darslarini chuqurroq oʻrganish, yoshlarning teran fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida oʻz oʻrinlarini topishlarida juda katta ijobiy o‘zgarishga erishish mumkin.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
1👍1
❇️Shofirkon tumanida yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda yangi "Idrok School"xususiy maktabi tashkil etildi.

🔹"Idrok School" maktabining asosiy afzalliklari, darslar sifatli ótiladi va har bir óquvchiga alohida eʼtibor qaratiladi

🔹Eng zamonaviy va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan oʻquv xonalari, eng sara kitoblarni ózida jamlagan kutubxona va qishki va yozgi sport maydonchalari ham mavjud.

🔹"Idrok  school"dagi har bir pedagog aynan kóp yillik tajribaga ega, óz sohasida kóplab yutuqlarga erishgan, jamiyatda óz órniga ega, yuzlab shogirdlarni yetishtirgan ustozlar hisoblanadi.

🔹Darslar soat 8:30 dan 17 : 00 gacha olib boriladi. Bolajonlarning bósh vaqtini samarali ótkazish maqsadida fan va sport toʻgaraklari ham tashkil etilgan.

Farzandingiz kelajagi uchun eng yaxshi tanlov bu - " Idrok School"!

Murojaat uchun:
+998946468040
👍5
⚡️Rasmiy munosabat
“Adolat nuri” gezetasida joriy yilning 10 avgustida chop etilgan 30-sonida e’lon qilingan “Sahifaga sig‘magan satrlar” sarlavhali maqolada Shofirkon tumanidagi 3-umumta’lim maktabining sobiq direktori faoliyati bir necha bor tanqidga olingan bo‘lsa-da, u Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktabda direktorlik lavozimiga ishga qabul qilinganligi tanqid ostiga olingan.

Mazkur material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Shofirkon tumanidagi 3-umumta’lim maktabining maqolada nomi keltirilgan sobiq direktori D.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2022-yilning 22 avgustdagi 314-sonli buyrug‘i bilan bekor qilingan. Shundan so‘ng u Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabga ishga qabul qilingan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilinganidek, bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan hududiy bosqich g‘olib jamoalari (har bir hududdan 1 tadan maktab, jami 14 ta maktab va 70 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi.

❗️Tanlovning Respublika bosqichida Buyuk Britaniyaning “Cambridge Assessment English” tashkilotiga tegishli bo‘lgan “Linguaskill” xalqaro testi vositasida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

✔️Ma’lumot uchun: Mazkur tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda yurtimizdagi 6 885 ta maktab (34 375 nafar o‘quvchi) ikkinchi bosqichda respublikadagi 210 ta tuman va shaharlardan bittadan maktab (1 050 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi.

⚡️Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari joriy yilning 17-avgust kuni e’lon qilinadi va munosib taqdirlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1