Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

👍1
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

#Infografika
❓ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida elektr energiyasini tejash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
❓Bugungi kunga qadar maktablarda nechta quyosh panellari o'rnatildi?
✅ Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.
✔️Ma'lumotlar 10.08.2023-yil holatiga ko'ra taqdim qilinmoqda.

#Romitan
❇️30 NAFAR YOSH MUTAXASSISLAR UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA ISHGA QABUL QILINDI
🔹Ayni paytda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida yangi o‘quv yili oldidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini sifatli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Jumladan, Romitan tumanida ham maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ana shunday yarmarka tashkil etildi.
🔹Yarmarka davomida ishlash istagida bo‘lgan 40 dan ortiq bitiruvchi yoshlar murojaat qilishdi.
🔹Ularning 30 nafari tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilindi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

👍2❤1
#Қоракўл
❇️YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN QILINISHI LOZIM BO‘LGAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
🔹Qorako‘l tuman madaniyat markazida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ta’lim muasssalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish hamda istiqboldagi rejalarni belgilab olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
🔹Unda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorako‘l tumani bo‘linmasi hamda diniy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi.
🔹Seminar davomida o‘tgan o‘quv yilida tumandagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi xuquqbuzarlik holatlarini oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Sodir etilgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi. Yangi o‘quv yili davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

❤1👍1
#Buxoro_tumani
❇️MEHNAT YARMARKASI JARAYONIDA 126 NAFAR YOSH MUTAXASSIS UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘Z ISH O‘RNIGA EGA BO‘LDI
🔹Buxoro tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida 126 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish istagida murojaat qilishdi.
🔹Yarmarka jarayonida tumandagi 86 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
🔹Aytish joizki, murojaat bilan kelgan bitiruvchilarning barchasi mehnat yarmarkasi jarayonida o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_21
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➡️ 00:07 Maktab va bog‘chalarni kuz-qish mavsumida isitish qay tartibda amalga oshiriladi? Bunda quyosh panellari hamda elektr tejovchi qurilmalardan foydalanish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
➡️ 02:36 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?
➡️ 04:17 Direktorlikka nomzodini qo‘yish uchun kamida 2 yil rahbar bo‘lib ishlash kerak, deyishyapti. Shu talab qanchalik to‘g‘ri? Kasbiy tajriba va erishgan yutuqlar inobatga olinmaydimi?
➡️ 06:30 Bog‘cha qorovullarining oyligi yaqinda ko‘tariladi, deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Bog‘cha qorovullariga ham qo‘shimcha mukofot va sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar beriladimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

👍4