BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
39.7K subscribers
31.8K photos
2.94K videos
176 files
13.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Assalom Buxoro” ko‘rsatuvida:

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xalim Rajabzoda bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari haqida suhbat

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
OAV_biz_haqimizda

🔷 Viloyat " Barkamol avlod" bolalar maktabining yozgi to'garaklar faoliyati "Tong yulduzi" gazetasining 2023-yil 17-iyul sonida yoritildi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Oromgoh
#Statistika

2023 yilda oromgohlarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, bolalarni mazmunli dam olishlarini yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Joriy yilda 200 ta statsionar oromgohlarda jami 157 775 nafar bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 195 ta oromgohlarda 106 840 ta bolalar dam oldirildi.

✔️ Joriy yilning 10-iyul holatiga Yoz mavsumi davomida umumta’lim muassasalarining 309 192 nafar o‘quvchilari teatrlarga, 22 010 nafari muzeylarga hamda 25 448 nafari tarixiy manzilgohlarga sayohatlarga jalb etildi.

✔️ “Tog‘ sarguzashtlari” festivalining respublika bosqichi 2023-yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon tog‘ yonbag‘rida o‘tkazildi. Festival jarayonlariga 27 433 nafar o‘quvchi-yoshlar hamda 597 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olindi.

✔️ “Barkamol avlod” bolalar maktablarida faoliyat yuritayotgan hamda ilg‘or ish tajribalariga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlarini aniqlash, ularning mehnatini munosib taqdirlash va ommalashtirish maqsadida “Yil to‘garak rahbari” tanlovi tashkil etildi.

❗️Tanlovning 1-bosqichida respublikaning barcha tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 1574 nafar to‘garak rahbarlari qamrab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Ayni kunlarda Qorako'l tumanidagi umumta’lim maktablarini ham yangi 2023-2024- o‘quv yili uchun tayyorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

E’tiborlisi, joriy yildan maktablarning ichki ko‘rinishlarini Finlandiya tajribasi asosida bezatishga ahamiyat berilmoqda. 

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Finlandiya tajribasi asosida bezatishning o‘ziga xosligi nimada?

— Finlandiya tajribasiga ko‘ra, maktabdagi har bir joy o‘quvchilar uchun o‘rganish joyi bo‘lishi kerak, – deydi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hamza Elliyev. — Misol uchun, devorlar, zinapoyalar, stol-stullarning shakllari, foyelarning bezatilishidan ham o‘quvchi o‘zi uchun kerakli bilim olmog‘i lozim

Demak, yangi o‘quv yilidan barcha maktablar o‘z o‘quvchilarini yangicha qiyofa bilan kutib oladi.
Maktab o‘quvchilari uchun ajoyib yangilik!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Yozgi maktab” tashkil etildi. Mazkur “Yozgi maktab”ga maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👨‍🎓 Maktabga eng iste'dodli 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

“Yozgi maktab” davomida siz:
🔹bepul turar joy;
🔹bepul ovqat;
🔹loyiha davomida bepul transport;
🔹mahalliy hamda xorijiy kompaniya va tashkilotlarga sayohat;
🔹esdalik sovg‘alariga ega bo‘lasiz.

👉 Batafsil

❗️Faqatgina saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan, ingliz tilini biladigan 9,10 yoki 11-sinf o‘quvchilari maktabga qabul qilinadi.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish

📌Yozgi maktab”ga ro‘yxatdan o‘tish 25-iyulga qadar davom etadi.

🔁 English

#summer_school #yozgi_maktab

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Yurist_maslahati

Yangi oʻquv yilidan boshlab B2 sertifikati mavjud bo'lmagan chet tili oʻqituvchilari ishga olinmaydi, deb eshitdim. Bu toʻgʻrimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.

❗️Shunga ko‘ra, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Давлат хизматида ишлашнинг ўз одоб-ахлоқ қоидалари бор, хизматчилар унга риоя қилишга мажбур

Ушбу роликда давлат фуқаролик хизматчиларининг меҳнат фаолияти ва ишдан ташқари вақтдаги хулқ-атворининг умумий қоидалари ҳақида маълумот берилган.

❗️Эслатиб ўтамиз, ушбу қоидалар мажбурий.

🟢Full формат.

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
#xalqaro_master_klass

Buxoro innovatsiyalar universiteti xorijlik professional ta'lim mutaxassislari hamkorligidagi "Ta'lim shart!" nomli master-klassga barcha ta'lim fidoyilari va iqtidorli talabalarni taklif qiladi.

🌍🔍 Master-klassda siz ta'limda yangi innovatsiyalar va tamoyillarni tatbiq qilishning eng oson va qiziqarli usullarini o'rganasiz; o'qituvchi va talabalar uchun yangi online  daromad manbalarini yaratish, eng asosiysi XXI asr uchun ROL MODEL O'QITUVCHI bo'lish sirlarini o'rganasiz.
     
📊 Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.                      

Faqat 1️⃣ kun!

Master Class + Coffee Break narxi 30💲-345.000 so'm
Talabalar uchun + CB
20💲-245.000 so'm

To'lov o'tkaziladigan karta:
Orient Finance Bank
8600 57 049455 0980 (UzCard) Rajabova Dilovar Komilovna

🕙 O’tkazilish vaqti: 23-iyul, 2023 10:00 -13:00
📍Manzil: Buxoro shahri "Sahid Zarafshon" mehmonxonasi

📞Murojaat uchun:
Tel: +998918339330
+998907117281
📲https://t.iss.one/talimshartdilarakamil
❗️Joylar sanoqli!
📚 BUXORODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

🪩Bugungi ushbu festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👏Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

💬KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 55000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.

🎧Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

➡️Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site