BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.12K subscribers
26.5K photos
2.45K videos
111 files
11.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️Maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi

🔹9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

👉Batafsil

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❗️12 yoshgacha bolalarning ota-onalar nazoratisiz cho‘milishi taqiqlanadi

🚫 Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:

🔹 taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;
🔹 to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;
🔹 motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
🔹 texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
🔹 sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;
🔹 alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;
🔹 suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;
🔹 yolg‘on trevoga signali berish;
🔹 voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
🔹 suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
🔹 plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
🔹 kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;
🔹 suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;
🔹 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;
🔹 shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;
🔹 ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
🔹 tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
🔹 qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.
⚡️DIQQAT E’LON!

🔹Buxoro viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi "Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon" tanlovini e’lon qiladi.

🔹Tanlovda 3 yillik surdotarjimonlik tajribasiga ega barcha turdagi davlat va nodavlat tashkilotlarning surdopedagoglari hamda 18 yoshdan katta O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

🔹Tanlovning asosiy maqsadi ishtirokchilar orasidan kasbiy mahorati yuqori, ijodkor, tashabbuskor,fidoyi tarjimonlami aniqlash, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirishdan iborat.

🔹Tanlovda ishtirok etishni hohlovchilar @imo_ishora_tanlovi_bot orqali ruyxatga olinadi.

Murojaat uchun telefon: 65 223 00 72

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Yozgi oromgohlarda bolalar maroqli dam olishmoqda!

2023-yilning yoz mavsumida 200 ta statsionar oromgohlarda jami 157 775 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 19-iyun holatiga ko’ra 183 ta stasionar oromgohlarda 42 909 nafar bolalar dam olishmoqda.

✔️ 200 ta statsionar oromgohlarda faoliyat yuritadigan jami 4 225 nafar pedagog va o‘qituvchilar oylik ish haqlari belgilangan holda oromgohlarga jalb etildi.

Respublikada faoliyat olib borayotgan 3 ta Mehribonlik uylarining 279 nafar tarbiyalanuvchilari vazirlik tizimidagi 6 ta statsionar oromgohlarda 2- va 3- navbatlarda dam oldirilishi rejalashtirilgan.

❗️ Bundan tashqari, bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida oromgohlarga 108 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib berildi.

📍 Joriy yilning 19-iyun holatiga 1- va 2-navbatda 16 240 nafar dam oluvchilar uchun “Quvnoq startlar”, “Kim epchilu - kim chaqqon”, “Futbolimiz kelajagi Seni qo‘lingda”, “Suzish bo‘yicha oromgoh birinchiligi” kabi sport musobaqalari o‘tkazildi.

⚡️ Shuningdek, statsionar oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 954 ta sog‘lomlashtirish maydonchalarida 152 410 nafar bolalarning bepul dam oldirilishi rejalashtirilgan.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/y3/news/1113

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Photo
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Respublika taʼlim markazi hamkorligida "Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun iboralar lug‘ati" nashr qilindi.

Lug‘atda zamonaviy o‘zbek tilida faol bo‘lgan 800ga yaqin ibora izohi berilgan. Har bir iboraga berilgan namunalar maktab darsliklari va bolalar adabiyoti asarlaridan olingan. Iboralarga mos ishlangan illyustratsiyalar esa o‘quvchiga ibora mazmunini to‘liq tushunish imkonini beradi.

O‘quvchilar uchun yaratilgan mazkur lug‘at ularda tilga bo‘lgan sezgirlikni rivojlantiradi, tasavvurini kengaytiradi. Ona tilimizning bebaho boyligi bo‘lmish — iboralarni o‘qitishda asosiy lug‘at-maʼlumotnoma sifatida xizmat qiladi. Lug‘atdan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar ham unumli foydalanishi mumkin.

Yuqorida o‘zbek tilining ilk marotaba nashr qilingan rasmli iboralar lug‘ati ayrim sahifalaridan namunalar keltirdik.

Lug‘atni respublikamizning kitob do‘konlaridan yoki quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

https://t.iss.one/bayoznashr
https://t.iss.one/boshlangich_sinf_super_ustozlar

Murojaat uchun telefon:
+998 97 720 7753
+998 97 420 9694
+998 93 511 4320
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📣 📣 MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️
Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

📍 Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

📍 Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
✔️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
✔️ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

❗️ Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

☎️ Qo'shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 12-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
ПРИЕМ В 1 КЛАСС НА 2023-2024 УЧЕБНЫЙ ГОД НАЧНЕТСЯ С 20 ИЮНЯ

Согласно
установленному порядку, процессы приема в 1 класс проходят в 2 этапа.

1-й этап:
в пределах микро-регионов
(20 июня-31 июля)
2-й этап: за пределами микро-регионов
(1-15 августа)

В 43 районах (городах) процессы приема в 1 класс осуществляются через государственные услуги в электронном виде.

В этом случае, с 12:00 утра 20 июня родители должны зарегистрироваться и подать заявку через электронную платформу my.maktab.uz.

В остальных регионах, принятия в 1-й класс будут проходить непосредственно в школах в традиционных формах, через электронную систему министерства (adm.maktab.uz).

Для информации:
в 2023-2024 учебном году планируется принять в 1 класс более 730 тысяч детей по всей республике.

Важное примечание!
В соответствии с законом "Об образовании" (статья 9) дети принимаются в школу в том году, когда им исполняется 7 лет. То есть, в этом году в 1 классы будут приниматься дети, родившиеся в период с 1 января по 31 декабря 2016 года.

Дополнительную информацию по процессам электронного приема можно получить по телефону Call-центра Министерства 71-203-07-04 или через официальный канал @Mymaktab_uz в Telegram.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Бухоролик хорижий тил ўқитувчиларининг 57 фоизи халқаро ва миллий сертификатга эга

📍https://uza.uz/posts/494481

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
❇️BUXORO VILOYATIDAGI 77 TA MAKTAB UCHUN ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR TO‘PLAMI YETIB KELDI

🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq zamonaviy o‘quv kompyuterlari to‘plami mamlakatimiz maktablariga tarqatilmoqda.

🔹Kompyuterlar ortilgan karvon bugun Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.

🔹Yangi o‘quv yilida kompyuterlari manan eskirgan 77 ta umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi.

🔹Ma’lumot uchun, har bir to‘plam 16 dona kompyuter va zaruriy texnikalarini o‘z ichiga oladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

Telegram
🌈IKKINCHI MAVSUMDA VILOYATDAGI 45 TA SOGʻLOMLASHTIRISH MAYDONCHALARIDA 2660 NAFAR O‘QUVCHI HORDIQ CHIQARMOQDA

Ayni paytda viloyatdagi 45 ta umumta’lim maktablarida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, ikkinchi mavsumda 2660 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

💥Mazkur oromgohlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tajribali pedagoglar rahbarligida faoliyat olib borayotgan turli xil to‘garaklar, musobaqalar va bellashuvlar ularning qiziqishlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Turli ko‘ngilochar tadbirlar, sayohatlar esa dam oluvchilarning vaqtini yanada zavqli o‘tkazishni ta’minlamoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |